1 019
Jizzaxda oilaviy korxona rahbaridan pul talab qilgan gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan “K.L.” oilaviy korxona rahbarining murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, Sharof Rashidov tumani gaz ta’minoti bo‘limi loyihachisi M.A. qolipli non ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun loyiha hujjatlarini tayyorlab berish evaziga oilaviy korxona rahbaridan 2,8 million so‘m olayotganda ushlangan.
Shuningdek, Jizzax viloyati Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi laboratoriya mudiri U.U. “K.L.” oilaviy korxonasiga ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun muvofiqlik sertifikatini tanishlari orqali tayyorlab berish evaziga tadbirkordan 2,1 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi