1 108
Ismatulla Irgashev Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirishga qo‘yilgan taqiq haqida gapirdi
Foto: Xalqaro Press-klub
«Tolibon» hukumati butun Afg‘oniston hududida ko‘knori yetishtirishni taqiqlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashevning «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida aytishicha, «Tolibon»ning mazkur qarori turli terroristik guruhlarni opiy sotishdan tushgan daromad manbasidan mahrum qiladi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda afyun ishlab chiqarishning 80 foizdan ortig‘i Afg‘oniston hissasiga to‘g‘ri keladi. 2021 yili opiy ishlab chiqarishdan tushgan daromad taxminan 1,8—2,7 milliard dollar bo‘lgan. Tashkilotning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi 2021 yilda Afg‘onistonda afyun ishlab chiqarish hajmi 8 foizga o‘sgani va 6800 tonnaga yetganini tasdiqlagan.
Irgashevning ta’kidlashicha, «Tolibon» hukumatining ushbu qarori nihoyat oddiy afg‘on dehqonlariga ko‘knori o‘rniga boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishga o‘tish, ichki bozorni ular bilan to‘ldirishga va afg‘onlarning farovon yashashiga imkon yaratadi.
- Afg‘onlar tabiatan tajribali dehqonlardir, ular faqat urush yillarida afyunni faol yetishtira boshlashdi, asrlar mobaynida ular meva-sabzavot va poliz mahsulotlarining barcha turlarini, shuningdek, guruch, bug‘doy, kartoshka, pomidor va boshqalarni yetishtirib kelishgan. Afg‘on xalqining buguni va kelajagini tahlil qilishda mana shu tarixiy haqiqatga alohida e’tibor qaratish kerak.
Bundan tashqari, Afg‘oniston muvaqqat hukumati qarori hozirgi vaqtda hanuz mamlakat hududida bo‘lib turgan turli terroristik guruhlarni opiy sotishdan tushgan daromad shaklidagi asosiy moliyalashtirish manbasidan mahrum qiladi, — deydi maxsus vakil.
Eslatib o‘tamiz, avgust oxirlarida «Tolibon» harakati Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgach, mamlakatning giyohvand moddalari yetishtirishni to‘xtatishi haqida va’da bergandi. «Endi giyohvand moddalar ishlab chiqarilmaydi va kontrabanda yo‘li bilan boshqa davlatlarga olib o‘tilmaydi. Afg‘oniston afyun yetishtiradigan mamlakat bo‘lmaydi», — degan harakat vakili Zabihulla Mujohid. U shunday siyosat olib borish uchun «Tolibon»ga xorij davlatlarining ko‘magi zarurligini ham ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda