1 101
1 kilo tilla granulalarini bezak toshlari sifatida olib kirishga uringan shaxs ushlandi
Farg‘ona xalqaro aeroportida «yashil yo‘lak» orqali 1 kilogramm tilla granulalarini bezak toshlari sifatida mamlakatga olib kirishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi. Bu haqda «Yoshlar» telekanalining «Yangi davr» informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, Istanbul—Farg‘ona aviareysi bilan uchib kelgan fuqaroning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida u yo‘lovchi-bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan hamda bojxona xodimlariga og‘zaki tarzda ma’lum qilinmagan 1 kilogramm og‘irlikdagi tilla granulalarini olib kirayotgani aniqlangan.
Fuqaro mazkur tillalarni shunchaki biser munchoqlari, ya’ni oddiy bezak toshlari sifatida olib kirishga uringan.
Shuningdek, ushbu yo‘lovchi mazkur reysda kelgan boshqa yo‘lovchilarning tovarlarini bojsiz olib kirish me’yorlarini suiiste’mol qilgan holda go‘yoki shaxsiy foydalanish niqobi ostida 239 dona zargarlik buyumlarini samolyot salonidagi 17 nafar yo‘lovchiga tarqatgan. Yo‘lovchilar ham ma’lum bir haq evaziga zargarlik buyumlarini bojxonadan olib o‘tib berishi kerak bo‘lgan.
Mazkur holatda to‘xtatib qolingan tilla granulalar va zargarlik buyumlarining umumiy og‘irligi 2 kilogramm 120 grammni, jami qiymati esa 860 million so‘mni tashkil qilmoqda.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda