Otga tilla tish qo‘yildi: video tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi

1 daqiqa o'qish1.5K
Otga tilla tish qo‘yildi: video tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qamashi tumanida Boysun ismli otga tilla tish qo‘yilgani aks etgan video tarqaldi. Kadrlarda otning pastki jag‘idagi ikki tishi tilla bilan qoplanganini ko‘rish mumkin.

Video muallifining ta’kidlashicha, otlarga tilla tish qo‘yib bo‘lmaydi, degan fikrlarga javoban u Boysunning pastki tishlaridan ikkitasiga tilla qoplama qo‘ydirgan.

Muallif videoni hazilomuz tarzda «Endi Boysunning ham ikkita tilla tishi bor», deya yakunlagan.

Ushbu g‘ayrioddiy holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida turli munosabatlarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar otning yangi «tabassum»ini qo‘llab-quvvatlab, buni qiziqarli va o‘ziga xos ish sifatida baholagan bo‘lsa, boshqalar hayvonga bunday bezak qo‘yishni ortiqcha va «ahmoqgarchilik» deb hisoblagan.

Qisqasi, Boysunning tilla tishlari oddiy otni ijtimoiy tarmoqlarda bir zumda mashhur qilib yubordi.

Odamning barmoqlari hayvonning og‘zini ochib, uning tilla tishini ko‘rsatmoqda.

Sizningcha, bu ish qanchalik to‘g‘ri? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?