08:29 / 11.04.2022
1 146

Boʻstonliqdagi «Bochka»da psixotrop modda sotuvchi ikki kishi qoʻlga tushdi

Boʻstonliqdagi «Bochka»da psixotrop modda sotuvchi ikki kishi qoʻlga tushdi
Toshkent viloyati Chorbogʻ qoʻrgʻonida 5 aprel kuni psixotrop moddasini sotayotgan shaxs tezkor tadbir davomida ushlandi, deb xabar bermoqda Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, shu kuni soat 11:30 larda Toshkent viloyati IIBB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi Togʻli chegara tezkor xizmat boʻlimi xodimlari va Boʻstonliq tumani IIB Jinoyat qidiruv boʻlimi xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor qidiruv tadbiri oʻtkazilgan. Tadbir davomida M.J. (30 yoshli) va M.T. (23 yoshli) Boʻstonliq tumani Chorbogʻ qoʻrgʻonida joylashgan «Bochka» kafesining ovqatlanish shoxobchasi avtoturargohida ushbu tadbirga shartli ravishda xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga 800 ming soʻm pul evaziga «Sol alfa-PVP» moddasini sotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Sud-kimyoviy ekspertizasida shartli ravishda xaridor sifatida jalb qilingan fuqarodan olingan sariq rangli rezina qopcha tekshirilgan. Natijada ogʻzi mahkamlanadigan polimer paketchani ichidagi oq-sariq rangli yaltiroq kristall-kukunsimon moddaning tarkibida alfa-pirrolidinovalerofenon (a-RVR) moddasi mavjud boʻlib, uning sof ogʻirligi 0,101764 grammni tashkil etishi aniqlangan.

Holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksning 273-moddasi 3-qismi «b» bandi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib koʻp boʻlmagan miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlanganlar. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga koʻra, 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat