
Foto: Mirobod tumani hokimligi
Toshkent shahrining Mirobod tumanida sifati kafolatlanmagan «Andijon muzqaymog‘i»ni saqlash ombori aniqlandi, deb xabar beradi tuman hokimligi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Mirobod tuman SEO va JSX bo‘limi mutaxasislari hamda tuman IIO FMB xodimlari bilan hamkorlikda «Mirobod» va «Yangi Qo‘yliq» mahallalarida noqonuniy savdo va sifati kafolatlanmagan mahsulotlar bilan savdo qilish holatlarini aniqlash bo‘yicha reyd-tekshiruvlar o‘tkazilgan.
O‘rganishlar davomida «Mirobod» mahallasida sifati kafolatlanmagan «Andijon muzqaymog‘i» saqlash ombori aniqlangan. Aniqlangan sifati kafolatlanmagan 66 kilogramm «Andijon muzqaymog‘i» ashyoviy dalil sifatida bartaraf etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning iyulida «Andijon muzqaymog‘i»ni besh yildan buyon ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkor Hikmatillo Madrahimov boshqa yangi brend ostida ishlashga qaror qilgandi. Bunga mazkur nom ommalashgach, bundan foydalanishga qaror qilgan ko‘plab insonlar paydo bo‘lgani sabab qilib ko‘rsatilgandi.
Mirobod TumaniToshkent ShahriAndijon Muzqaymog‘iNoqonuniy SavdoSifati KafolatlanmaganReyd-Tekshiruvlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing