18:24 / 13.04.2022
1 935

Ukrainadagi urush tufayli O‘zbekiston bir qator kompaniyalardan ayrildi

Ukrainadagi urush tufayli O‘zbekiston bir qator kompaniyalardan ayrildi
Foto: iStock
Konvertatsiyaning ochilishi va investitsiyalarning kafolatlanishi oxirgi to‘rt yil ichida O‘zbekiston bozoriga bir necha yuzlab yangi xorijiy kompaniyalarning kirib kelishiga olib keldi.

Ular nafaqat mamlakatga sarmoya kiritib, bu yerda yangi ish o‘rinlari yaratdi, balki raqobatni yuzaga keltirgan holda mahalliy kompaniyalarning rivojlanishiga ham ko‘maklashdi.

Biroq Ukrainadagi urush vaziyatni tubdan o‘zgartirdi. Xorijiy brendlar, birinchi navbatda, Rossiya va Ukraina kompaniyalari O‘zbekistondagi faoliyatini qisqartirmoqda, rejalarini o‘zgartirmoqda va hatto bozorni butunlay tark etmoqda.

«Zakaz.uz»
Ukraina oziq-ovqat mahsulotlarini supermarketlardan yetkazib berish xizmati O‘zbekiston bozoriga 2020 yilda kirib keldi.
Dastlab kompaniya faqat Makro bilan ishlagan, ammo keyin Carrefour do‘konlaridan ham yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydi.

Kompaniya tez rivojlangan edi va 2022 yil fevraligacha katta rejalarga ega bo‘lgan edi.

Urush boshlanishi "Zakaz"ga kuchli ta’sir ko‘rsatdi – hozir kompaniya ishlamayapti, egalari esa uni sotishga urinmoqda.

«Dobrotsen»
Rossiya diskaunteri O‘zbekiston bozoriga 2021 yil oxirida kirib keldi. Mart oyiga kelib kompaniyaning Toshkent, Marg‘ilon, Qarshi va Buxoroda bir nechta do‘konlari mavjud edi.

Kompaniyaning O‘zbekistonda katta rejalari bor edi, lekin urush ishni shu qadar qiyinlashtirdiki, «Dobrotsen» mart oyida barcha do‘konlarini yopishga va O‘zbekistonni tark etishga qaror qildi.

OTP Bank
Vengriya banki 2021 yilning kuzida «Ipotekabank»ni nazorat qiluvchi ulushni sotib olishga kelishgan edi.

«Ipotekabank»ning kattaligi tufayli bitim O‘zbekiston uchun muhim voqea bo‘lishi kerak edi, ammo urush Vengriya kompaniyasining rejalarini tubdan o‘zgartirdi.

Hozir OTP Bank bitimni dunyoda vaziyat o‘nglanib qolguncha bir necha oyga kechiktirishni so‘radi.

«Alfa Bank»
Rossiyaning eng yirik banklaridan biri 2021 yil oxirida O‘zbekistonda rejalari borligini e’lon qildi — kompaniya vakillari Toshkentga kelib, bu yerda muvaffaqiyatli raqamli biznesni tashkil qilish uchun barcha sharoitlar bor, degan xulosaga kelishgan edi.

Urush boshlanganidan keyin bank sanksiyalarga uchradi. Bu fonda «Alfa Bank» zudlik bilan o‘z rejalarini qayta ko‘rib chiqmoqda va hozir Qozog‘istonni tark etmoqchi. O‘zbekistonda ish boshlash esa rejalarning oxiriga ko‘chirildi.

«Sovkombank»
2022 yil boshida Rossiya banki «O‘zagroeksportbank»ni sotib olishga kelishgan edi, biroq urush boshlanganidan so‘ng u birinchilardan bo‘lib sanksiyalarga uchradi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bitim bo‘ycha izoh bermadi, biroq «Daryo» suhbatlashgan ekspertlarning fikricha, xarid bekor qilinish ehtimoli katta — O‘zbekistonga sanksiyalangan bank kerak emas, «Sovkombank»da esa hozir boshqa muammolar yetarlicha.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ukrainadagi urush tufayli O‘zbekiston bir qator kompaniyalardan ayrildi