Jahongir Ortiqxo‘jayev mas’ullarga 10 kun muhlat berdi

Jahongir Ortiqxo‘jayev mas’ullarga 10 kun muhlat berdi
Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yaqin 50-60 yilda kuzatilmagan yog‘ingarchiliklar oqibatida poytaxt ko‘chalari sifati yomonlashganini ta’kidlab, mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Unga ko‘ra:
- Shahar asosiy yo‘llaridagi barcha «yama»lar 10 kun ichida to‘liq ta’mirlanishi kerak;
- Ish sifatli bajarilishini prokuratura nazorat qiladi;
- Ta’mirlash ishlari iloji boricha kechki payt (kunduzgi qatnovga xalaqit bermaslik uchun) amalga oshiriladi.

Fuqarolar «Xalq nazorati» portali orqali yo‘ldagi nosozliklarning rasmlarini yuborishsa yaxshi bo‘lar edi, dedi Ortiqxo‘jayev.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar