Foto: Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Andijon shahrida xonadonida fohishaxona tashkil etib, qo‘shmachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan ayollar ushlandi, deb xabar bermoqda Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 9 fevral kuni viloyat IIB odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi hamda Andijon shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Tadbir davomida D.I. ismli ayol (1983 yilda tug‘ilgan) vaqtincha yashab kelayotgan xonadonida boshqa bir ayol K.Y.ni 250 ming so‘m evaziga mijoz bilan jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.
Tezkor tadbir davomida ayol tomonidan taqdim etilgan 250 ming so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida xolislar ishtirokida bayonnoma orqali rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, 14 mart kuni Andijon shahrida o‘tkazilgan tadbirda Sh.D. ismli ayol (1993 yilda tug‘ilgan) yashash xonadonida D.M.ni (1998 yilda tug‘ilgan) shahvoniy maqsadlarda foydalanish maqsadida saqlab kelgani aniqlangan. U qizni 800 ming so‘m evaziga bir nafar erkak bilan jinsiy aloqa qilishi uchun shart-sharoit yaratib bergan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.
Tadbir davomida 800 ming so‘m pul daliliy ashyo tariqasida xolislar ishtirokida rasmiylashtirilib olingan.
Hozirda yuqoridagi har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"