Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Chilonzor tumanida Chevrolet Lacetti (Gentra) transport vositasi ayol kishi salondan tanasini chiqarib olgan holda harakatlanayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan tekshiruv o‘tkazildi.
Aniqlanishicha, 17 mart kuni taxminan soat 21:00 larda haydovchi M.S. (1986 yilda tug‘ilgan) Gentra avtoulovini Chilonzor tumanida boshqarib ketayotgan vaqtida avtomobil ichida o‘tirgan yo‘lovchi G.A. (1996 yilda tug‘ilgan) yo‘l harakati qoidalarini buzib, salondan tana qismining chiqargan holatda transport vositasida harakatlangan.
Foto: Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi
Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi 4-qismi (transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ular bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda