
Foto: Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yer maydonini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda IIB xodimlari hamkorligida qo‘lga olindi.
O‘tkazilgan tadbir davomida X.U. (1978 yilda tug‘ilgan) mahalliy fuqaroga Kattaqo‘rg‘on tumani Qoradaryo atrofidagi 30 sotix yer maydonini 6 000 dollarga sotishga kelishib, so‘ralgan puldan 3000 dollarni olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.
Viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar