Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Buxoro va Andijon viloyatlarida ashaddiy og‘ufurushlar qo‘lga olingan.
Xususan, narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan, Qorako‘l tumanida yashovchi fuqaro shu tumandan o‘tuvchi yo‘l yoqasida 1 kg. 681 gramm opiy moddasini boshqa bir shaxsga 9,1 ming dollarga sotayotgan vaqtda qo‘lga olinganlar.
Shuningdek, fuqaro o‘z uyida 1 kg. 68 gramm opiyni yashirib qo‘ygani fosh bo‘lgan, xolislar ishtirokida rasmiylashtirilgan. Mazkur moddalar afg‘onistonlik narkokurerlar tomonidan olib kelingani aniqlangan.
Shu tariqa tezkor tadbirning ikkinchi bosqichi amalga oshirilgan va natijada Afg‘oniston fuqarosi 940 gramm opiyni Buxoro shahriga olib kelib, 2,5 ming dollarga sotgan vaqtida ushlangan. Tezkor tadbirlar natijasida jami 3 kg. 689 gramm opiy moddasi musodara qilingan.
Bundan tashqari, Andijon viloyatidagi tezkor tadbirda Qorasuv shahrida yashovchi fuqaro qirg‘izistonlik narkokurerlar tomonidan Andijon shahriga yetkazib berilgan 5 kg. 311 gramm gashish moddasini qabul qilib olgan vaqtida ushlangan. Uning uyidan topilgan 224 dona «Tropikamed» kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari esa tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Yuqoridagi holatlar bo‘yicha DXX tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergoq olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi