10:06 / 19.04.2022
995

Toshkentda tadbirkorga 2 mln dollar imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Toshkentda tadbirkorga 2 mln dollar imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tadbirkorga ma’lum bir mablag‘ evaziga imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida M.M. va S.N. ismli shaxslar «D» MCHJ rahbari X.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi tijorat bankidan 2 million dollari miqdorida imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgani aniqlangan.

Ular kredit summasining 5 foizini hisoblab, ya’ni 100 ming AQSH dollari ustama puli so‘ragan va shundan 55 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda tadbirkorga 2 mln dollar imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi