Shavkat Mirziyoyev 21 aprel kuni Qashqadaryo viloyatiga tashrifi mobaynida Koson tumanidagi «Ishga marhamat» monomarkazini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, bu yerda texnika va xizmat ko‘rsatish sohalarida 20 ga yaqin kasb-hunarga o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv va mashg‘ulot xonalari tegishli uskuna, kompyuter, mulyaj va boshqa jihozlar bilan ta’minlangan. o‘qish, o‘rganish yoshi chegaralanmagan. Bu yerda barcha istovchilar, vaqtincha ishsiz kishilar ham kelishi mumkin.
«Bunday imoniyatdan foydalanib, aholi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan elektrik, santexnik, payvandchi, oshpaz, qandolatchi, sartarosh va tikuvchi kabi kasblarni o‘rganmoqda. Ularga jahon standartlari darajasida ko‘nikma berish maqsadida Germaniya, Turkiya va Yaponiya davlatlaridan mutaxassislar jalb qilingan. Markaz qoshida xorijiy tillarni o‘qitish ham yo‘lga qo‘yilgan», — deyiladi xabarda.
Bu yerda nafaqat Koson, balki qo‘shni tumanlardagi ishsiz fuqarolarga 2 oydan 6 oygacha bo‘lgan kurslarda dars beriladi. Prezident markazda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirgan, kasb o‘rganayotgan yigit-qizlar bilan suhbatlashgan.
«Sizlarning ertangi kuningizga befarq bo‘lmay, kasbga intilishingiz meni xursand qildi. Bunday markazlarni nima uchun qilyapmiz? Ilgari yoshlar kasb egallashi uchun Toshkentga yoki boshqa shaharlarga borardi. Endi o‘sha sharoitlarning o‘zi yoshlarning oldiga kelyapti. Maqsadimiz — aholini kasb-hunarli qilish. Yaxshi hunari bor odam ishsiz qolmaydi, kerak bo‘lsa uyidan olib ketishadi. Shuning uchun bu imkoniyatlardan foydalanib, yo‘lingizni topib olishingiz kerak», — deya ta’kidlagan davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot