Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bir oydan beri ishga chiqmayotgani aytilmoqda. U oxirgi marta Senatda chiqish qilib, Ukrainaga yordam berishni, Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olmaslikni aytgandi. Shundan 10 kun o‘tib, uning xorijda davolanayotgani haqida xabarlar chiqdi.
Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati barcha rasmiy xabarlar vazirlikning rasmiy sahifalarida e’lon qilinishi, ularni kuzatib borishni tavsiya qilgan. Ayrim manbalarga ko‘ra, Komilov ayni paytda Toshkentda, uyida davolanishni davom ettirmoqda.
So‘nggi paytlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra esa Tashqi ishlar hamda Investitsiya va tashqi savdo vazirliklari birlashtirib yuboriladi, yangi vazirlikka hozirgi tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov tayinlanadi. Bu haqdagi gaplarni har ikkala vazirlik axborot xizmati ham ortiqcha izohlamagan.
«Amerika ovozi» o‘zbek tahririyati jurnalisti Navbahor Imomovaning Tvitterda yozishicha, har ikkala vazirlikni birlashtirib yuborish g‘oyasi avvalroq paydo bo‘lgan.
«Investitsiya va tashqi savdo vazirligi bilan Tashqi ishlar vazirligini birlashtirib yuborish fikri haqida oldinroq eshitgandik. Ko‘ramiz, bu gap-so‘zlar qanchalik haqiqat ekan. Diplomatiya — investitsiya va tashqi savdo masalasiga o‘xshagan katta ish», deb yozgan Imomova.
Ayrim manbalarda tashqi ishlar vazirligiga Sardor Umurzoqov rahbar bo‘lishi aytilgan. Chunki «Markaziy Osiyo — Yaponiya» tashqi ishlar vazirlari forumida Sardor Umurzoqov qatnashgan. Xitoydagi xalqaro konferensiyaga ham u borgan. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashgan ham Umurzoqovdir.
74 yoshli Abdulaziz Komilov O‘zbekiston hukumatida eng uzoq ishlagan amaldorlardan biri hisoblanadi. U Tashqi ishlar vaziri lavozimiga ikki marta tayinlangan va bu lavozimda qariyb 20 yildan ishlab kelayotgan edi. Shuningdek, u birinchi prezident Islom Karimovdan keyin hukumatda qolgan va almashmagan yagona vazirdir.
Abdulaziz Komilov marhum Sharof Rashidovning kuyovi hisoblanadi. Uning o‘g‘li Doniyor Komilov esa o‘tgan yili DXXning sobiq binosini ochiq tenderda sotib olgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot