
Davlat xizmatlaridan foydalanishda Mobil-ID tizimi joriy etiladi. Bu haqida 20 aprel kuni imzolangan PF–113-sonli prezident qarorida aytib o‘tilgan.
2022 yil 1 avgustdan boshlab shaxsni aniqlash uchun quyidagi tizim joriy etiladi:
- davlat xizmatlaridan foydalanishda mobil-ID tizimi joriy etiladi;
- mobil-ID tizimi shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi;
- shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash DXM yoki notarial idora tomonidan yoxud YAIDXP mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi;
- bevosita Markazlar yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022 yil 31 dekabrgacha to‘lov undirilmasdan (bepul), 2023 yil 1 yanvardan BHMning 2 foizi (5400 so‘m) miqdorida bir martalik to‘lov undirilgan holda amalga oshiriladi;
- Mobil-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qo‘llamagan holda barcha davlat xizmatlaridan (bundan moliyaviy xizmatlar mustasno) foydalanishi mumkin;
- fuqaroning YAIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladigan barcha xabarnomalar Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyalangan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida yuboriladi.
Yangi farmondan maqsad - davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni qisqartirishga, deyiladi qonun matnida.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlaridan talab qilinadigan 73 turdagi ma’lumotnomalar va hujjatlar - talabi bekor qilinadi. Ushbu ma’lumotlar “Elektron hukumat” tizimi orqali idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar