12:05 / 27.04.2022
1 061

Qashqadaryoda ayiq bolasini o‘ldirgani aytilgan fuqaro shaxsiga aniqlik kiritildi

Qashqadaryoda ayiq bolasini o‘ldirgani aytilgan fuqaro shaxsiga aniqlik kiritildi
Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi
Qashqadaryo tog‘larida «Qizil kitob»ga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq va uning ikki bolasi aholi tomondan suratga tushirilgani haqida xabar berilgandi. Keyinroq topilgan qo‘ng‘ir ayiq bolalaridan biri o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi. Davlat ekologiya qo‘mitasining ma’lum qilishicha, hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Davlat ekologiya qo‘mitasi inspektorlari va tuman IIB xodimlari bilan birgalikda olib borilgan tezkor qidiruv natijasida gumondor shaxslar Dehqonobod tumani «Oqqishloq» MFY, «Qizilsoy» qishlog‘ida yashovchi fuqaro K.Sh. ekani aniqlangan. Uning xonadoni tekshirilganida bir dona ayiq bolasining terisi topilgan.

Ayiq bolasi terisini saqlab kelgan fuqaroning so‘zlariga ko‘ra, u ayiq bolasini o‘lik holda topgan. Bu holatga aniqlik kiritish maqsadida ayiq bolasi terisi ekspertizadan o‘tkaziladi.

Gumondor shaxsdan tushuntirish xati olinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Hozirda tuzilgan ishchi guruh tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda ayiq bolasini o‘ldirgani aytilgan fuqaro shaxsiga aniqlik kiritildi