Foto: Elle
Tarixda eng ko‘p daromad keltirgan filmlardan biri — Jeyms Kemeronning ilmiy-fantastik «Avatar» filmi chiqqanidan 13 yilga yaqin vaqt o‘tdi. Bu yillar davomida rejissyor mashaqqatli va sirli ravishda afsonani davom ettirish bilan shug‘ullandi va nihoyat, 2022 yil uni intizor bo‘lib kutayotgan tomoshabinlarga taqdim etishga tayyor. Loyihaning premerasi 2022 yil 14 dekabrga rejalashtirilgan, deb yozadi Elle.
Prodyuserlar o‘zlarining durdona asarini qanchalar sir tutmasin, bir necha kun avval CinemaCon’da bo‘lib o‘tgan «Avatar: Suv yo‘li» tizerining premerasidan so‘ng Twitter’da bir nechta suratlar paydo bo‘ldi.
Foto: Elle
Suratlar kartina haqida bilvosita tasavvur beradi. Navi xalqini himoya qilish haqidagi hikoyalar dunyo okeani fonida rivojlanishi ushbu suratlardan oldin ham ma’lum edi. Jeyms Kemeron turli ilmiy guruhlar tarkibida suv kengliklarini ko‘p marta tadqiq qilgani bejiz emas. Tez orada bo‘lib o‘tadigan film premerasidan so‘ng barcha ma’lumotlar taqdim etiladi.
Foto: Elle “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas