
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bugun Fargʻona viloyati Rishton tumani Zohidon MFY hududida Rishtonning qahramon oʻgʻloni Mamadali Topvoldiev xotirasini abadiylashtirish maqsadida uning memorial muzeyi foydalanishga topshirildi.
Mamadali Topvoldievning muzeyida uning orden, medallari, faxriy yorliqlar, roʻzgʻor buyumlari, yozishmalari, shaxsiy kiyimlari, qurollar, urush haqidagi adabiyotlar jamlangan.
Muzey qurilishi uchun viloyat mahalliy byudjetidan 1,5 mlrd. soʻm mablagʻ ajratildi.
Mamadali Topvoldiev 1938 yilda urushga borib, Belorussiya hududidagi janglarda katta qahramonliklar koʻrsatib, fashistlarni larzaga keltirgan, gʻalaba uchun oʻz hissasini qoʻshgan. Uni «Kazbek» deb nomlashgan. Shu nomni eshitgan har qanday dushmanning oyogʻi qaltiragan.
Belarus xalqi ham Mamadali Topvoldievni yaxshi koʻradi va u kishini nomini abadiylashtirish maqsadida jang boʻlgan qishloqlarga nomini berib, e'zozlab keladi. «Oʻzbekfilm» hamda «Belarusfilm» Milliy kinostudiyasi oʻrtasida hamkorlikda «Osiyo arsloni» nomli filmni viloyatimizda suratga olish ishlari ham boshlab yuborildi. Bosh rolni Ulugʻbek Qodirov ijro etayotgan mazkur biografik drama Oʻzbekiston va Belarusda suratga olinadi va kelgusi yil 9 mayda premerasi boʻlib oʻtadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar