date
views 1 530

Surxondaryoda Saljuqiylar davriga tegishli oltin dinor topildi (foto)

Surxondaryoda Saljuqiylar davriga tegishli oltin dinor topildi (foto)
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, Termiz tumani Doʻstlik mahallasida yashovchi Ulkan Eraliev oʻziga tegishli bogʻni sugʻorish chogʻida erdan sariq metall parchasini topib olgan va bu haqda Termiz arxeologiya muzeyiga murojaat qilgan.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Mutaxassislardan iborat guruh topilma aniqlangan joyda dastlabki ish jarayonini olib borib, Qoraxoniylar va Saljuqiylar davriga oid kulolchilik buyumlari parchalarini topgan.

U.Eraliev qimmatbaho topilmani Termiz arxeologiya muzeyiga topshirgan. Unga amaldagi qoidalarda belgilangan haq toʻlab berilgan. Muzey mutaxassislari va numizmatlari tomonidan qimmatbaho topilma dastlabki ekspertizadan oʻtkazilgan.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Mutaxassislar oltin dinorning old tomoniga «Alloh» va «Muhammad» soʻzlari yozilganini, orqa tomonidagi yozuv deyarli oʻchib ketganini aniqlashgan. Shikastlangan, lekin yaxshi saqlanib qolgan tanga – oltin dinorning ogʻirligi 1,92 grammni tashkil etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Surxondaryoda Saljuqiylar davriga tegishli oltin dinor topildi (foto)