Foto: «Daryo»
Xonanda Manzura «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Xonanda Manzura suhbat davomida prezidentning so‘zlaridan ilhomlanib, ota-onasining vafotidan so‘ng ro‘mol o‘ragani, biroq shou-biznes vakillari uning yonida «quyoncha»ga aylanib qolayotgani haqida so‘zlab berdi.
- "Birinchidan, prezidentimiz «men ro‘mol o‘ragan qizlarni yaxshi ko‘raman, hurmat qilaman», degan gaplari juda ham menga ma’qul keldi. Masjidlarimizda nomoz o‘qish bemalol bo‘lib qoldi. Bu muhtaram prezidentimiz tomonidan biz uchun yaratilgan katta imkoniyat bo‘ldi.
Yillar davomida intilishim, ota-onam uchun, ota-onam vafot etganlaridan so‘ng, ular «solih farzandni bu dunyoga tashlab ketdik», degan narsa uchun. Pandemiyada juda ham ko‘p insonlar, yaqinlar vafot etdi. Bu ham juda qattiq ta’sir qildi.
Ayol kishi ro‘mol o‘ragan bo‘lsa, oxirati xor bo‘lmas ekan. Avvaling xor bo‘lsa bo‘lsin-u, oxirating xor bo‘lmasin, deyishadi-ku. Shu gaplarga amal qilgan holda ro‘mol o‘radim.
«Ro‘mol o‘raganingdan keyin, yoningda kimdir qoldimi?», juda qiziq, juda chuqur savol. Bir xil vaqtlarda san’at ahlining yonida o‘tirsam, ularda menga nisbatan negativ kayfiyat sezaman.
«Sen ro‘moldasan, mana boshqalar ham ko‘rib qo‘ysin, biz sen bilan emasmiz, sendan chetda o‘tiribmiz», degandek qilishadi. Bu insonlar taniqli insonlar, lekin iymon sustligidanmi, negadir ro‘mol o‘ragan insonning yonida quyonchaga o‘xshab qolishadi. Hattoki quyoncha ham ro‘mol o‘ragan odamning yonidan xavotirsiz o‘tib ketadi.
«Biz bu bilan emasmiz», xuddiki kimdirga bu ma’lumot ketadigandek, harakat qilishadi.
Yigirma, o‘ttiz, qirq yillab sahnada qo‘shiq kuylab, xalqni o‘ziga qaratgan odamlar bitta ro‘mol o‘raganni ko‘rishsa quyonchaga aylanib qolishadi.
Bu holatni tabiiy va oddiy qabul qilaman. Alloh sevmagan insonlar yonimdan ketayotgani juda yaxshi holat. Alloh bunday insonlarni yonimdan tark ettirib, buyuk insonlar yonimga kelishiga iymonim komil. Allohga shukrki, shunday vaqtlarda yolg‘iz qolmaganman", - deydi xonanda, bastakor, aktrisa Manzura. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi