1 816
Oksana Chusovitina graffitisiga o‘zgartirish kiritgan rassom Inkuzart’dan kechirim so‘radi
Chilonzordagi devorga chizilgan Chusovitina graffitisiga yubka «kiydirilgani» haqida xabar berilgandi. Keyinroq poytaxtdagi qator murallar muallifi Hasan Maycheyev Instagram orqali murojaat bilan chiqib, Inkuzart’ning ishini o‘z yangilaganini ma’lum qildi. Shuningdek, u graffitiga yetkazilgan shikastlar tasvirlangan suratlarni e’lon qilib, surat nima sababdan o‘zgartirilganiga oydinlik kiritgan.
Foto: Instagram / Hasan Maycheyev
Do‘stlar! Men Hasan Maycheyev, rassom. Ehtimol, Sergeli, Chilonzor va shahar boshqa tumanlardagi murallarining muallifi sifatida meni bilasiz. Men ikki yoshligimda chizishni boshlaganman. 15 yildan ortiq ijod bilan shug‘ullanaman. Ko‘plab rasmlarning muallifi sifatida men mualliflik huquqining har qanday buzilishiga qat’iy qarshiman va san’at tarafdoriman. Hamkasbim Inkuzart ijodiga katta hurmat va ehtirom bilan qarayman.
Taxminan, bir hafta oldin Gagarin ko‘chasidagi kosmonavtlar muralini chizishni tugatayotganimda chempionimiz Oksana Chusovitinaning suratini saqlashga yordam berishimni so‘rashdi. Muallif shikastni tuzatishdan va uni saqlab qolish uchun rasmni qanday tuzatishni maslahat berishdan bosh tortganligi sababli men tasvirning shikastlangan qismlarini tiklashga kirishdim.
Foto: Instagram / Hasan Maycheyev
- "Samimiy niyat bilan yordam berish ko‘plab salbiy reaksiyalarni keltirib chiqardi va bundan juda afsusdaman. Birovning ishini buzish niyatim yo‘q edi va men hamkasbimdan shaxsan kechirim so‘rashga tayyorman. Ishni bajarishdan oldin men muallifning imzosi va butun rasm saqlanib qolishiga ishonch hosil qildim (bino restavratsiya qilinmoqda).
Ushbu postim bilan men jamoatchilikni ijtimoiy tarmoqlarda ta’qib qilmasdan konstruktiv muloqotga chaqirmoqchiman. Barchamiz shahrimizni yanada go‘zal qilishini istaymiz.
Albatta, men o‘zimga saboq oldim va boshqalarning ishlariga telefonda selfi qilishdan boshqa narsa uchun yaqinlashmayman. Men shunchaki art binoda qolishi uchun san’atni saqlashga yordam bermoqchi edim. O‘zbekistonda strit-art ommalashishiga ishonaman. Va tez orada juda ko‘p qiziqarli g‘oyalarni ko‘ramiz.
P.S. Men bu postni o‘zim yozishga qaror qildim, matbuot xizmati buni so‘ramadi. Hozir bunday holatda bo‘lish men uchun juda yoqimsiz va men hammasi qanday sodir bo‘lganini shu tarzda tushuntirmoqchiman", - deydi rassom Hasan Maycheyev.
Avvalroq Olimpiada o‘yinlarining sakkiz karra ishtirokchisi, Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan Oksana Chusovitinaning o‘zi ham holatga munosabat bildirgandi. "Menga shahar hokimligidan telefon qilib, bo‘lgan voqeani aytishdi. Shundan so‘ng hokimiyatdagilar kiyimimga yubka qo‘shib, rasmning o‘zgartirilgan qismlarini tuzatishga qaror qilishganini ma’lum qilishdi", — deygan sportchi.
Strit-artlarga qilingan «hujumlar»
2021 yilning sentabr boshida @inkuzart O‘zbekiston avtomobil bozoridagi monopoliyaga bag‘ishlangan strit-art chizgandi. Unda mashina uchun uzun navbat va navbat boshida qizil shapkali inson tasvirlangandi. Keyinroq ushbu tasvir to‘liq o‘chirib tashlangan, poytaxt hokimligi va «O‘zavtosanoat» bu ishga aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan edi. Noyabrda esa ko‘cha rassomining Toshkentda benzin narxi oshishiga bag‘ishlangan strit-art o‘chirib tashlandi. 2022 yilning 18 fevral kuni esa Inkuzart’ga tegishli turli formulalar bilan devorga chizilgan Albert Eynshteynning portreti bo‘yab tashlangan. Chilonzor tuman hokimligi strit-artning o‘chirilishiga tuman hokimining buyrug‘i emas, mahalla faollari sababchi bo‘lganini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi