Pet Epplton olmon jaz san’atining sohir ovozlaridan biri deb e’tirof etilgan.
Germaniyalik taniqli jaz xonandasi Pet Epplton 13-14 may kunlari Toshkent va Buxoroda konsert berdi. San’at kechalari Germaniya elchixonasi tomonidan, Xalqaro jaz festivali doirasida tashkil etildi.
Pet (Patritsiya) Epplton avvalo muhtasham san’at koshonasi – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi katta zalida ijodiy dasturini taqdim etdi.
«Jazda yagona qoida bor – u ham bo‘lsa qoidalarning yo‘qligi! Pet Appletonning ham shior shu. Pet sahnada erkin, betakror va ehtiros-la kuyladi. Zero, u hamisha butun qalbi bilan kuylashga odatlangan. Uning ijrosidagi musiqa va so‘zlarda qalb to‘ridan kelayotgan jo‘shqin hissiyotlarni payqash qiyin emas. Xonanda muhabbatni tarannum etadi. Uning fikricha, muhabbat insonlar orasidagi eng beg‘ubor tuyg‘udir»", – deya san’atkorning ijodiy dasturiga baho berdi elchixona matbuot xizmati.
Olmon jaz san’atining yetuk ustasi Buxoro ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida ham konsert dasturi taqdim etdi. Qolaversa, xonanda ijodiy safar davomida Toshkent hamda Buxoro shaharlarida yosh, iqtidorli san’at muhiblariga mahorat darslari o‘tdi.
Germaniyalik yulduzga o‘zbekistonlik sozandalar ؘؘ– Vladimir Teregulov (saksofon), Alina Alibekova (fortepiano), Ramil Isanbayev (bass-gitara) va Ziyodullo Abdullayev (zarbli cholg‘u) jo‘rnavozlik qilishdi.
Pet Epplton o‘z faoliyati davomida Jazzkantine, Nighthawks, Bahama Soul Club kabi guruhlar bilan hamkorlik qilgan. Ayni paytda esa u De-Phazz jamoasi xonandasi sifatida butun dunyoda konsertlar berib kelmoqda. Xonanda «zamonaviy olmon jaz san’atining sohir ovozlaridan biri» deya e’tirof etilgan.
«Men bir xil janrda ijod qilib o‘zimni cheklamayman. Turfa xil musiqiy uslublar hamda turli tillarda ijodiy eksperimentlar qilishni xush ko‘raman. Olmon va ingliz tilini mukammal bilaman, ayni choqda, portugal, ispan va fransuz tillarida ham jonu dilim bilan kuylayman. Men hamisha musiqaning yangi hududlarini inkishof etishga tayyorman», ؘ– deya ijodiy faoliyatini tavsiflaydi xonandaning o‘zi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xalqaro jaz festivali an’anaviy ravishda YUNЕSKO shafeligida o‘tkazib kelinmoqda. Bu yil mazkur san’at bayrami oltinchi bor tashkil qilindi.
YUNЕSKO 30 aprel sanasini Xalqaro jaz kuni deb e’lon qilgan. Xalqaro tashkilotning mazkur san’at turiga alohida e’tibor qaratishi bejiz emas. Gap shundaki, jazning rivojlanish tarixi demokratiya, fuqarolik huquqlari va inson qadr-qimmati yo‘lidagi kurashlar tarixi bilan bog‘lanib ketgan. YUNЕSKO jaz san’ati dunyoda millatlar o‘rtasida o‘zaro muloqot va tushunish, irqchilikka qarshi kurashda ko‘mak beradi deb hisoblaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi