23:12 / 29.05.2022
1 227

Kann kinofestivali sovrindorlari e’lon qilindi

Kann kinofestivali sovrindorlari e’lon qilindi
Shved rejissyori Ruben Estlund «Qayg‘u uchburchagi» filmi uchun «Oltin palma yaprog‘i» bilan mukofotlandi.
Foto: DW

Belgiyalik kinoustalar suratga olgan «Yaqin» (Close) hamda amerikaliklarning «Peshindagi yulduzlar» (The Stars at Noon) filmlari 75-Kann kinofestivali gran-prilarini bo‘lishib oldi. Mukofotlar kinorejissyorlar Lukas Dont hamda Kler Deniga topshirildi.

Belgiyalik aka-uka rejissyorlar — Dardennlarning «Tori va Lokita» (Tori et Lokita) filmi kinofestivalning faxriy mukofotiga sazovor bo‘ldi.

«Sakkiz tog‘» (Le otto montagne, Italiya) va «Eo» (EO, Polsha) filmlari Kann kinofestivalining maxsus mukofotiga loyiq topildi va rejisyorlar — Sharlotta Vandermersh va Yeji Skolimovskiyga topshirildi.

«Qayg‘u uchburchagi» filmi festivalning «Oltin palma yaprog‘i» mukofotini oldi.

Eng yaxshi ssenariy
Tariq Solih (Shvetsiya) — o‘zi suratga olgan «Osmondan tushgan yigit» (Boy from Heaven) filmiga yozgan ssenariysi uchun.

Eng yaxshi aktyor

Son Kan-xo «Parazitlar»dagi roli bilan muxlislarga tanish.
Son Kan-xo (Janubiy Koreya) — rejissyor Xirokadzu Koreeda suratga olgan koreys filmi — «Vositachi» (Broker)dagi bosh roli uchun.

Eng yaxshi aktrisa
Zahro Amir Ibrohimiy (Eron).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kann kinofestivali sovrindorlari e’lon qilindi