Foto: Style Rave
Mashhur qo‘shiqchi va aktrisa Jennifer Lopes vaqtni orqaga qaytarganga o‘xshaydi. Aynan shu narsa unga ancha yoshroq ko‘rinishga yordam beradi, deb yozadi The Voice Mag.
Hech qachon mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormaydi
Foto: Instagram / @jlo
Aytingchi, tug‘ilgan kuningizda sport zaliga borasizmi? Yoki bog‘ni bir necha marta aylanib, yugurib chiqasizmi? Albatta, yo‘q. Lekin Jennifer bunday emas. U gastrol safarlarining biridan so‘ng Instagram’da shunday yozdi: «Bugungi shoudan keyin o‘zimni super ayol kabi his qilyapman! Avval, 27 kun uchun 15 ta konsert ko‘p, deb o‘ylardim. Lekin bu meni kuchsizlantirmaydi, deb o‘zimga va’da berdim... Endi esa aksincha, faqat kuchga to‘lib boryapman! Men hayotimdagi eng yaxshi ko‘rinish ustida mashq qilaman va ishlayman. Ha, charchagan paytlarim bo‘lardi, uzoq vaqt uchib, kerak bo‘lganda sport bilan shug‘ullanardim. Ammo hozir men hamma narsaga chidaganim uchun faqat baxt va shukronalikni his qilyapman».
Glikolik kislotadan foydalanadi
Foto: Instagram / @jlo
Glikolik kislota teri uchun ajoyib parvarish vositasi sifatida mashhur: u o‘lik hujayralarni chiqarib tashlaydi va terining yangilanishiga yordam beradi. Ayniqsa, quyoshda kuygan teriga yaxshi ta’sir qiladi va Lopes bu kislotani sog‘lom parvarish manbai deb biladi.
Ko‘p miqdorda oqsil iste’mol qiladi
Foto: Instagram / @jlo
Jey Loning juda qattiq parhez tutishi hech kimga sir emas. Bunga ishonch hosil qilish uchun uning tashqi ko‘rinishiga qarash kifoya. Albatta, u ham taqiqlangan narsalardan iste’mol qilishni xohlaydi. Ammo ko‘pchilikdan farqli o‘laroq, vasvasaga qarshi tura oladi va uglevodlarni oqsillar bilan almashtiradi: «Oqsil — men zararli narsalar iste’molini xohlaganimda haqiqiy najotimdir. U meni tezda to‘yintiradi va mushaklar uchun quvvat manbaiga aylanadi» — deydi u.
Ertalabdan mashq qiladi
Foto: Instagram / @jlo
Buni yulduzning Instagram sahifasida aniq ko‘rish mumkin, u hamisha yangi sport formasida selfi joylashtiradi: «Men kuni bo‘yi porlash uchun quyosh bilan birga uyg‘onaman», — deb yozadi xonanda. Shunisi aniqki, bunday organizm ertalab uxlash uchun vaqti yo‘qlarga beriladi.
Deyarli quyoshda toblanmaydi
Foto: Instagram / @jlo
Ma’lumki, ultrabinafsha nurlari kollagenni yo‘q qiladi va terining elastikligini kamaytiradi. Bu esa erta qarishga sabab bo‘ladi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u SPF kremiga ishonadi va quyoshda qolishdan qochishga harakat qiladi.
Yomon odatlarga berilmaydi
Foto: Instagram / @jlo
«Men chekmayman, qahva yoki spirtli ichimlik ichmayman. Bu teri ko‘rinishiga salbiy ta’sir o‘tkazadi va odamni qaritadi, — deydi Jennifer Lopes intervyusida. — Hamma ham shunday chidamlilikka ega bo‘lishi kerak».
Ko‘p uxlaydi
Foto: Instagram / @jlo
Busiz iloji yo‘q. «O‘zimni yaxshi his qilishim uchun 9-10 soat uxlashim kerak. Yoki kamida 8 soat», — deydi aktrisa.
Har kuni meditatsiya bilan shug‘ullanadi
Foto: Instagram / @jlo
Ma’lum bo‘lishicha, u buni 2015 yilda, aktrisalik, qo‘shiq kuylash va teleboshlovchilikni karerasida mohirlik bilan uyg‘unlashtirgan vaqtlarida boshlagan. U har kuni ertalab va kechqurun bunga vaqt ajratishga harakat qiladi.
Ikkita shaxsiy murabbiyga maosh beradi
Foto: Instagram / @jlo
Buning izohi oddiy: «Nyu-Yorkda Devid Kirsh, Los-Anjelesda Treysi Anderson bilan shug‘ullanaman. Men mashg‘ulot rejimimni o‘zgartirishni yaxshi ko‘raman, ular men bilan turli yondashuvlarga ko‘ra ishlaydi».
Muntazam ravishda yuz terisini tozalaydi
Foto: Instagram / @jlo
Jennifer hech qachon makiyaj bilan uxlamaydi. «Men mashg‘ulotlardan keyin terimni tozalashga odatlanganman, shunda teshiklar to‘lib qolmaydi».
Ko‘p suv ichadi
Foto: Instagram / @jlo
Buning ajablanarli joyi yo‘q, uning barcha faoliyati suyuqlikni doimiy ravishda ichishni talab qiladi: «Juda ko‘p suv ichaman, ayniqsa, mashg‘ulotdan oldin. Shunda sportdan maksimal darajada foydalana olaman», — deydi aktrisa.
Sabzavot va ko‘katlar iste’mol qiladi
Foto: Instagram / @jlo
U intervyusida bu haqda bir necha bor aytib o‘tgan: «Men ko‘proq yashil sabzavotlar, Bryussel karami, brokkoli, oddiy karam iste’mol qilaman. Qolaversa, ovqat tayyorlashni yaxshi ko‘raman, ayniqsa, Puerto-Riko taomlarini, chunki ularni iste’mol qilib o‘sganman». “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi