15:00 / 25.06.2022
2 591

Tohir Sodiqov: "Yuriy Shatunov oddiy inson edi"

Tohir Sodiqov: "Yuriy Shatunov oddiy inson edi"
Yuriy Shatunov oddiy inson edi, deydi o‘zbekistonlik xonanda, "Bolalar" guruhi solisti Tohir Sodiqov.

Yuriy oddiy inson edi, hech qachon mashhurman, deb manmansiramagan. Yulduzlik kasaliga chalinmagan, do‘stlarini va boshqalarni doim hurmat qilardi. Meni va boshqa tanish xonandalarni ko‘pincha bayramlarda, yangi yilda telefon qilib tabriklagan. Biz telefonda ko‘p gaplashib turardik. Shatunovning tarbiyasi yaxshi.

Men uning ijodini chin muxlisiman, qo‘shiqlarini eshitib men ham musiqaga qiziqqanman va o‘z ijodimni boshlaganman. Yuriy bilan oxirgi marta 2015 yili Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida “Bolalar” guruhi tashkil topganining 25 yilligi yubiley shou konserti taqdim etdik. O‘shanda Yuriyni taklif etganmiz va xonanda mehmonimiz bo‘lgan. Oxirgi marta o‘shanda ko‘rishgan edik!
”, - dedi Tohir Sodiqov.

“Laskoviy may” guruhi solisti, 90-yillarda xit bo‘lgan qo‘shiqlar muallifi Yuriy Shatunov 23 iyunga shtar kechasi vafot etdi. Xonanda yaqinlari aytishiga ko‘ra, uning o‘limga yurak xuruji sabab bo‘lgan. Xonanda 48 yoshda edi. Uning “Belie rozi”, “Sedaya noch”, “Ne molchi…”, “Detstvo” kabi qo‘shiqlari MDH davlatlarida juda mashhur va suyukli.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Tohir Sodiqov: "Yuriy Shatunov oddiy inson edi"