
Foto: Instagram / @xurshid_rasulov_official_
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Xurshid Rasulov MY5 telekanalining «Omon—Omon» koʻrsatuviga bergan intervyusida Rossiyaning taniqli teleboshlovchisi Andrey Malaxov nega uni shoshilinch Rossiyaga chaqirgani haqida soʻzlab berdi.
«Yaqinda bizni Rossiyaga, ‘Privet Andrey’ koʻrsatuviga chaqirishdi. Rossiya xalq shoiri Robert Rojdestvenskiyning she'rini qoʻshiq qilib kuylagandim. Aslida bu qoʻshiqni boshqa inson, Gruziya xalq artisti Vahtang Kikabidze ijro etgan. Bu qoʻshiq ‘Moi goda, moyo bogatstvo’ deb nomlanadi, ‘Mimino’ filmini koʻrganlar yaxshi biladi. Vahtang Kikabidze filmda rol ham ijro etgan. Qisqasi, shu qoʻshiq ma'qul keldi shekilli, oʻzlari iltimos qilishdi. Men bordim, koʻrsatuvda qatnashdim.
Bitta yaxshi tomoni boʻldiki, xursand boʻldim Rossiya xalq artistlari oʻtirib bu qoʻshiq seniki boʻlibdi, ijrosi yaxshi boʻlibdi deb aytishdi. Hattoki notalarini ham oʻzgartirganim yoʻq. Koʻrsatuv Robert Rojdestvenskiy tavalludining 90 yilligi munosabati bilan suratga olindi, uning she'rlarini qoʻshiq qilgan MDH davlatlari xonandalari hammasi taklif qilindi. Vahtang Kikabidze keksayib qolgani uchun koʻrsatuvga kela olmadi» —, deydi Xurshid Rasulov.
Xurshid RasulovO'zbekistonda Xizmat Ko'rsatgan ArtistRossiyaning Taniqli TeleboshlovchisiOmon-Omon Ko'rsatuviPrivet AndreyRobert RojdestvenskiyVahtang Kikabidze O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing