12:30 / 25.07.2022
3 349

Yulduz Usmonova, Munisa Rizayeva va boshqa ayol san’atkorlarning Instagram'dagi sahifasiga reklama berish narxi qancha?

Yulduz Usmonova, Munisa Rizayeva va boshqa ayol san’atkorlarning Instagram'dagi sahifasiga reklama berish narxi qancha?
O‘zbek shou-biznesida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ayol san’atkorlar nafaqat real hayotda, balki onlayn hayotda ham reklama, videoroliklar orqali katta daromad topadi. San’atkorlar hozirda reklama berish uchun eng qulay ijtimoiy tarmoqqa aylangan Instagram’da ancha faol. Ularning sahifasiga reklama joylash narxi ko‘pchilik muxlislarni hayron qoldirishi tabiiy. «Daryo» mashhur ayol san’atkorlarning Instagram sahifasida reklama postini joylashtirish narxini o‘rgandi.

Shahzoda Muhammedova
Aktrisa, dizayner va teleboshlovchi Shahzoda Muhammedovaning Instagram sahifasidagi stories’ga reklama joylash narxi 1000 dollar, akkauntiga reklama joylashtirish esa 2000 dollarni tashkil qiladi. Reklamani suratga olish jarayonida aktrisaning o‘zi ijodiy jamoasi bilan birga ishtirok etadi. Shahzoda Muhammedova bir oyda sahifasiga 5-6 ta reklama joylashtiradi. Aktrisaning Instagram sahifasida 4 million 800 mingdan ortiq obunachi bor.

Foto: Instagram /@shaxzoda_muxammedova

Ruxshona
Xonanda Ruxshona Instagram’dagi stories’ga 200 dollar, akkauntiga esa 500 dollar evaziga reklama joylashtiradi. Reklama videoroligida xonandaning o‘zi ishtirok etadi. Ma’lumot uchun, Ruxshonaning Instagram sahifasida 1 million 800 mingga yaqin obunachi bor.

Foto: Instagram /@ruxshonaofficial

Nilufar Usmonova
Instagram sahifasida 3 million 400 mingdan ortiq obunachisi bor xonanda Nilufar Usmonova stories’ga 500 dollar, akkauntiga 5000 dollar evaziga o‘zi ishtirokidagi reklamani joylashtiradi. Stories’dagi foto va videolar 24 soat sahifadan o‘chirilmaydi.

Foto: Instagram /@nilufarusmonova

Munisa Rizayeva
O‘zbek shou-biznesidagi ayol san’atkorlar ichida Instagram’da eng ko‘p, ya’ni 5 million 600 mingdan ortiq kuzatuvchiga ega xonanda Munisa Rizayeva stories’ga 1000 dollar, suratli postni esa 2500 dollar evaziga joylashtiradi. Stories’dagi reklama 1 kun sahifada saqlanib turadi.

Foto: Instagram /@munisarizaeva

Feruza Normatova
Instabloger, aktrisa Feruza Normatova stories’ga 300 dollar, akkauntiga 2000 dollar evaziga o‘zi ishtirokidagi reklama postini e’lon qiladi. Stories’dagi har bir videoning davomiyligi 15 soniyani tashkil qiladi. Aktrisaning Instagram’dagi obunachilari 1 milliondan ortiq.

Foto: Instagram /@feruzanormatova

Xanna
Instagram’da Xanna nomi ostida ijod qilayotgan aktrisa, bloger Xonzoda stories’ga va akkauntiga 1000 dollar evaziga reklama posti joylaydi va unda o‘zi ishtirok etadi. Reklama posti 24 soat sahifada saqlanib turadi. Uning Instagram sahifasini 1 million 600 mingdan ortiq obunachi kuzatadi.

Foto: Instagram /@xanna__official

Sevara Soliyeva
Sobiq aktrisa Sevara Soliyeva Instagram’dagi stories’ga 200 dollar, akkauntidagi lentaga esa 500 dollar evaziga reklama postini e’lon qiladi. U reklama roligida ishtirok etadi. Sahifasida 1 million 800 mingdan ortiq obunachisi bo‘lgan Sevara Soliyevaning reklama joylashtirish narxi boshqa hamkasblariga qaraganda arzonroq.

Foto: Instagram /@sevarasolieva_official

Malika Ravshanova
Instagram sahifasida 1 milliondan ortiq obunachisi bor xonanda Malika Ravshanova stories’ga 500 dollar, akkauntiga 1500 dollar evaziga reklama postini joylashtiradi. Reklama roligida xonandaning o‘zi ishtirok etmasa ham, narx o‘zgarmaydi. Stories’dagi foto yoki videolar 24 soat sahifadan o‘chirilmaydi.

Foto: Instagram /@malika_ravshanova

Yulduz Usmonova
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Instagram’dagi reklama uchun eng ko‘p haq to‘lanadigan ayol san’atkorlar ro‘yxatida yetakchi o‘rinda turadi. Sahifasida 1 million 400 mingdan ortiq obunachi bor xonandaning akkauntiga va stories’ga reklama berish uchun 10 000 dollar to‘lash kerak. Stories’dagi foto va videolar 24 soat davomida saqlanib turadi.

Foto: Instagram /@yulduzibragimovnausmonova

Sitora Farmonova
Aktrisa Sitora Farmonovaning Instagram sahifasida 2 million 800 mingdan ortiq obunachi bor. U stories’ni 750 dollar, suratli postni 1000 dollar, video shaklidagi postni esa 2000 dollar evaziga sahifasiga joylaydi. Reklamada Sitora Farmonova ishtirok etsa ham, etmasa ham, narx o‘zgarmaydi.

Foto: Instagram /@sitorafarmonovaofficial

Madina Mumtoz
Sobiq aktrisa Madina Mumtoz sahifasida 350 dollar evaziga stories va 750 dollar evaziga reklama postini e’lon qiladi. Reklama videoroligida aktrisaning o‘zi va ijodiy jamoasi ishtirok etadi. Stories va post 24 soat sahifadan o‘chirilmaydi.

Foto: Instagram /@madinamumtoz

Durdona Qurbonova
Instagram’da eng ko‘p, ya’ni 3 million 700 ming obunachiga ega bo‘lgan yosh aktrisa Durdona Qurbonova 1500 dollar evaziga reklama posti va stories joylashtiradi. Stories’dagi foto va videolar 24 soat davomida aktrisaning sahifasida saqlanib turadi. U ko‘p hollarda reklama videoroligida o‘zi ishtirok etadi.

Foto: Instagram /@durdona_kurbonova

Parizoda
Raqqosa Parizoda Instagram’da 3 million 300 ming obunachiga ega. Uning stories’ga reklama qo‘yishi 500 dollar, lentaga suratli reklama berishi 1000 dollar va video shaklidagi reklama joylashi 2000 dollarni tashkil qiladi. U ham boshqa hamkasblari singari reklama videoroligida o‘zi ishtirok etadi.

Foto: Instagram /@parizodadancer

Manzura
Xonanda Manzura 2 million 500 mingdan ortiq obunachisi bor akkauntiga reklama posti va stories’ni 800 dollar evaziga e’lon qiladi. Uning sahifasidagi reklama posti va stories ham 1 kun davomida o‘chirilmaydi. Agar xonanda reklamada ishtirok etmasa, uning narxi o‘zgarishi mumkin.

Foto: Instagram /@manzura_singer

Ziyoda
Instagram sahifasida 4 millionga yaqin kuzatuvchilari bor Ziyoda stories’ga 500 dollar, lentadagi postni esa 1500 dollar evaziga e’lon qiladi. Reklama videosida Ziyoda ishtirok etishi yoki etmasligidan qat’i nazar narx o‘zgarmaydi. Uning sahifasidagi reklamalar ham 1 kun saqlanib turadi.

Foto: Instagram /@ziyodamusic

Shahlo Zoirova
«Bravo» kulgi jamoasining a’zosi Shahlo Zoirova Instagram’dagi stories’larni 300-500 dollar, Reklama postlarini esa 2000 dollar evaziga joylaydi. Boshqa hamkasblariniki kabi uning Instagram sahifasiga berilgan reklama 1 kun o‘chirilmaydi. Reklama roliklarida ko‘pincha uning o‘zi ishtirok etadi.

Foto: Instagram /@shaxlozoirova_official

Mavluda Asalxo‘jayeva
Mavluda Asalxo‘jayevaning Instagram sahifasiga reklama va stories joylash narxi 1500 dollarni tashkil qiladi. Uning sahifasidagi reklamalar 10 kun davomida saqlanib turadi. Videoda xonanda ishtirok etishi yoki qatnashmasligidan qat’i nazar reklama narxi o‘zgarmaydi.

Foto: Instagram /@mavludauz

Kaniza
Xonanda Kanizaning Instagram sahifasida 1 million 200 ming kuzatuvchisi bor. Uning stories’ga reklama joylashi uchun 300 dollar, lentasiga reklama berish uchun esa 1000 dollar to‘lov qilish kerak. Agar reklamada Kaniza ishtirok etmasa, narx o‘zgarishi mumkin.

Foto: Instagram /@kaniza_shahrizoda

Muqaddas Sa’dullayeva
Aktrisa Muqaddas Sa’dullayevaning 3 million 500 ming kuzatuvchisi bor sahifasiga reklama stories’ni qo‘yish 1000 dollar, reklama postini joylashtirish uchun esa 2000 dollar to‘lov qilish kerak. Aktrisa reklamalarda o‘zi ishtirok etadi. Stories’dagi reklama 1 kun saqlanib turadi.

Foto: Instagram /@muqaddas_sadullayeva

Lola Ahmedova
Lola Ahmedovaning Instagram sahifasidagi stories’ga reklama qo‘yish va lentada post joylashtirishi 800 dollarni tashkil qiladi. U reklamalarda o‘zi ishtirok etadi, qatnashmasa ham, narx o‘zgarishsiz qoladi. Xonandaning sahifasida 1 million 500 mingdan ortiq obunachisi bor.

Foto: Instagram /@lolaahmedova

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Yulduz Usmonova, Munisa Rizayeva va boshqa ayol san’atkorlarning Instagram'dagi sahifasiga reklama berish narxi qancha?