«Uzuklar hukmdori»: serial premerasi rekord o‘rnatdi

«Uzuklar hukmdori»: serial premerasi rekord o‘rnatdi
2 sentabr kuni «Uzuklar hukmdori: Hukmronlik uzuklari» serialining premera-namoyishi bo‘lib o‘tdi. Uni 24 soat, ya’ni bir sutka ichida Prime Video striming servisi orqali rekord darajada ko‘p — 25 mln kishi tomosha qildi. Bu haqda servis ma’muriyati 3 sentabr kuni Twitter platformasida ma’lum qildi.

Prime Video striming servisi Amazon kompaniyasiga tegishli.

Serialning dastlabki ikki epizodi (seriyasi)ni rejissyor Xuan Antonio Bayona suratga oldi.

Serial mualliflari jami 8 ta seriyani suratga olishni rejalashtirishgan. Loyiha budjeti $1 mlrd ga yetishi kutilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar