date

Kaniza: To‘ydan keyin ijodimni to‘xtatishim mumkin

Kaniza: To‘ydan keyin ijodimni to‘xtatishim mumkin

21 aprel kuni xonanda Kaniza konserti oldidan matbuot anjumani o‘tkazdi.

“UZ24” nashri xabar berishicha, matbuot anjumanida Kaniza konsertga tayyorgarlik ishlari, bo‘lajak turmush o‘rtog‘i va to‘ydan keyin ijodini davom ettirishi noma’lumligi haqida aytib o‘tgan.

“Ayni damda konsert dasturiga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Boshqa xonandalar konsertiga oylab tayyorgarlik ko‘rsa, biz bir hafta oldin boshladik. Ko‘plab sovg‘alar tayyorlamoqdamiz. Buning barchasini konsert dasturida o‘zingiz ko‘rib, guvohi bo‘lasiz”, dedi xonanda.

- Konsertingizda haqiqatdan ham to‘yingiz bo‘ladimi?

- Ha, shu kuni tug‘ilgan kunim, ijodimni 10 yilligi va to‘yim bo‘ladigan kun. Biz kelishgan holda to‘yni konsert bilan birgalikda o‘tkazishni rejalashtirdik. Bu qarorga kelish oson bo‘lmadi. Biroq harajatlarni tejash uchun ham shunday qildik. Bilasizki, shu kunlarda to‘y kimo‘zariga bo‘lib o‘tmoqda. Ayniqsa, xonandalar orasida. Biz esa sarf-harajatlarni tejab, kerakli narsalarimizga ishlatishga ahd qildik. Shu sababli ham konsertni bir kun qilib belgiladik.

- Kuyov kim? Uni ommaga ko‘rsatasizmi?

- Turmush o‘rtog‘im san’atga umuman aloqasi bo‘lmagan inson. Ular tadbirkorlar. Yoshimiz ham teng. Konsert dasturimda albatta, ularni ko‘rasiz.

- Uy-ro‘zg‘or ishlariga tayyormisiz? Kelinlik vazifalari degandek...

- Albatta, istasam-istamasam qaynona-qaynotamni xizmatlarida bo‘laman. Kelinlik vazifalarini bajaraman. To‘ydan keyin ijodimni davom ettirish yoki davom ettirmasligim ham noma’lum. Ijodimni to‘xtatishim ham mumkin. Bu konsertim ohirgi bo‘lishi mumkinligini o‘ylab ham, uni noodatiy o‘tkazishga qaror qildim. Oldindan bir narsa deya olmayman.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Kaniza: To‘ydan keyin ijodimni to‘xtatishim mumkin