
– “Bir necha yil avval ushbu pavilon ayanchli ahvolda edi, kino ishlab chiqarish zamonaviy uskuna-jihozlarni talab qilar edi. Bugungi kunda davlatimiz rahbarining kinematografiyani rivojlantirishga qaratayotgan e’tibori tufayli rekonstruksiya qilinib, jahon andozalari darajasida filmlar suratga olish imkonini beruvchi uskunalar bilan jihozlandi.
Shavkat Mirziyoyevning “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali ishtirokchilariga qutlov nutqini tinglab, bugun o‘zbek kinoijodkorlari uchun barcha yo‘llar ochiq ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldim. Oxirgi ikki yil ichida biz jadal taraqqiyotni ko‘ra boshladik. Biz esa bundan keyin ham milliy kino san’atini jahon sahnalarida namoyish qilish, aziz tomoshabinlar uchun sifatli va qiziqarli kontent yaratish uchun bor kuch-g‘ayratimizni ishga solamiz”, - deydi «O‘zbekfilm» kinokonserni direktori Bahodir Odilov.
Yangi panoramali pavilon eng yuqori zamonaviy badiiy va texnologik saviyada filmlar suratga olish imkonini beradi. Agar ilgari yirik blokbasterlar va jangovar filmlar xromakey yordamida suratga olingan bo‘lsa, bugun Stage Craft texnologiyasidan foydalanish bilan hammasi global miqyosda o‘zgaradi. Texnologiya bitta pavilonning o‘zida yuqori sifatli tasvirni olish imkonini beradi. Qimmatbaho dekoratsiyalar o‘rniga sahnaning orqa tomoniga kerakli atmosferani to‘liq yetkazib bera oladigan yirik choksiz LED panellar o‘rnatildi.
Natijada virtual olamning yuqori sifatli tasviri ekranda aks ettiriladi va operator kamerasiga hech qanday qiyinchiliklarsiz bog‘lanadi. Ob’ektlarning fondagi holatini kameraning joylashishiga qarab o‘zgartirish sifatli film suratga olish imkonini beradi. Stage Craft texnologiyasidan foydalangan holda siz istalgan burchakdan suratga olishingiz mumkin. Haqiqiy va virtual kameralarning kombinatsiyasi avtomatik ravishda ob’ektivni o‘zgartirishni ta’minlaydi. Virtual kamerani mustaqil ravishda ham, masalan, dinamik sahnalar uchun ham harakatlantirish mumkin.
Yangi pavilonda kinofestival mehmonlari “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy filmining birinchi epizodi suratga olinganini ko‘rishdi. Mehmonlar rejissyor kamerasida film qanday suratga olinayotganini shaxsan ko‘rish, ijodiy jamoa va film aktyorlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Film afsonaviy Samarqand Registonining yaratuvchisi – Bahodir Yalangto‘sh haqida hikoya qiladi. U Registon maydonida «Sherdor» va «Tillakori» madrasalarini bunyod etgan. Toshkent xalqaro kinofestivalida «O‘zbekfilm» kinokonsernining yangilangan pavilonida namoyish etildi va “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy filmining suratga olish ishlariga start berildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar