date
views 1 435

O‘zbekistonning san’atsevar xalqini yaxshi ko‘raman – Gosha Kutsenko

O‘zbekistonning san’atsevar xalqini yaxshi ko‘raman – Gosha Kutsenko
XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “Kinochilar uyi”da Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli kino va teatr aktyori Gosha Kutsenko bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Sputnik.

Men Toshkentga s’yomkalar bilan tez-tez kelaman. Bundan 3 oy avval “Sevgi maktublari” spektaklini olib keldik. O‘zbekiston menga juda yoqadi. Ayniqsa, san’atsevar xalqini yaxshi ko‘raman”, - dedi aktyor.

Kutsenko s’yomka maydonlarida prodyuserning o‘rni haqida ham so‘zlab o‘tdi:
Kinoprodyuser butun jarayonni boshqaradi. U nafaqat kinofilm ishlab chiqarish, balki uni targ‘ibot qilishga va keyinchalik “taqdiri uzoq yashashi”ga ham mas’ul bo‘ladi. Shuning uchun prodyuser kadrlar yetishtirayotganda mas’uliyat bilan yondashish lozim”, - deydi Kutsenko.

Suhbat chog‘ida rossiyalik aktyor o‘zbek tilini o‘rganishni boshlashga va’da berdi.
Ma’lumot uchun, Gosha Kutsenko “Manipulyator”, “Omadli jentelmenlar”, “Soxta muhabbat”, “Shifokor”, “To‘rtinchi istak”, “Curiya sonatasi” kabi filmlarda o‘ziga xos rollarni ijro etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonning san’atsevar xalqini yaxshi ko‘raman – Gosha Kutsenko