Internetni izlashtirsangiz, Putinning qiyofadoshlari kam emas. Lekin, allaqanday farqlar ular Putin emasligini fosh qiladi. Ammo Slavamir Sabola Putinga judayam o‘xshaydi. Shuning uchun ham Germaniya kinosanoati ijodkorlari Rossiya-Ukraina urushi haqidagi ko‘p seriyali filmiga aynan uni aktyor sifatida taklif qilgan.
Germaniya kinosanoati tomonidan suratga olinayotgan filmda hamyurtimiz Umidjon Isabayev esa Zelenskiy obrazini yaratmoqda.
Umidjonning aytishicha, tasvirga olish maydonchasi nafaqat Putinning qiyofadoshi Slavamir Sabola, balki Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning qiyofadoshi Hovard Iks bilan ham birgalikda ijod qilish, tajriba almashish, shuningdek, do‘stlik maydoni bo‘lmoqda.
Yigitlar may oyidan buyon s’emkalardan bo‘shamaydi. Tag‘in tasvir olish jarayonlari birda Polshada, birda Germaniyada, bir qarasangiz Indoneziyada o‘tayapti. Yaqinda ular bir necha hafta Kanadada safarda bo‘ldilar.
«Kanada iqlimi Ukraina ob-havosiga o‘xshash jihatlari borligi uchun shu mamlakatdagi maydonlar bizga qo‘l keldi», deydi Umidjon. Safarda ketma-ket, tig‘iz tasvirga olish jarayonlaridan keyin shu kunlarda yigitlarga ta’tilga chiqishgan.
Polshada, o‘z oilasi davrasida hordiq chiqarayotgan Slavamir «Xabar.uz»ga shunday deydi: «Men avval Putinni hurmat qilardim, lekin «harbiy operatsiya» deb Ukrainaga bosqinchiligidan keyin, endi uni yomon ko‘raman. Putinga qiyofadosh bo‘lishim? Bu mening siyratim ham unga o‘xshash degani emas. Men urushni ham yomon ko‘raman. Begunoh odamlar, hali yashashi kerak bo‘lgan ayollar, bolalar o‘lishini istamayman. Kinostudiya bilan shartnomamda men aktyor sifatida imzo chekkanman. Ya’ni faqat sahnada johil, kaltabin rahbar rolini ijro qilaman, xolos».
Slavamir urush tezroq tugashini istovchi millionlardan biri ekanini ta’kidladi.
Film haqida to‘liq ma’lumotni taqdim qilish mumkin emasligi haqida aktyorlarning shartnomasida maxsus band bor. Shu sabab bu borada ularni savolga tuta olmaymiz.
Ammo film ezguliklar g‘alabasi aks etgan sahna bilan tugashini tilab qolamiz.
Slavamir Sabola1, Putin1, Umidjon Isabayev1, Zelenskiy1 “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”