
Samarqandda Ozarbayjonning birinchi xonimi Mehribon Aliyeva, Turkiyaning birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘on va Vengriya Bosh vaziri rafiqasi Aniko Levay O‘zbekistonning birinchi xonimi Ziroatxon Mirziyoyeva bilan uchrashishdi.

Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etuvchi davlatlarning birinchi xonimlari uchun “O‘zbekiston ranglari” ko‘rgazmasi.
© Saida Mirziyoyevaning shaxsiy arxividan
Uchrashuv davomida birinchi xonimlar "O‘zbekiston ranglari" ko‘rgazmasi va Samarqand musiqali dramma teatri “Lazgi – muhabbat va qalb raqsi” spektaklini tomosha qilishdi.
"O‘zbekiston ranglari" ko‘rgazmasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi kolleksiyasidagi mashhur asarlar joy olgan.

Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etuvchi davlatlarning birinchi xonimlari uchun “O‘zbekiston ranglari” ko‘rgazmasi.
© Saida Mirziyoyevaning shaxsiy arxividan
“Kecha biz Samarqand sammitining muhtaram mehmonlari — Emine Erdog‘an, Mehribon Aliyeva va Aniko Levayni xursandchilik bilan kutib oldik. Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning birinchi xonimlari uchun maxsus "O‘zbekiston ranglari" ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ekspozitsiya mehmonlarda katta taassurot qoldirdi va hayratlantirdi”, deya yozadi Saida Mirziyoyeva.
Ko‘rgazmada birinchi xonimlarga "Avant-Garde Orientlists" kitoblari sovg‘a qilindi. Birinchi xonimlar uchun ekskursiyani Savitsiy nomidagi Nukus sa’at muzeyi direktori Moskvadagi "Sharq muzeyi" yetakchi mutaxassisi Tigran Mkrtichev o‘tkazdi.

Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etuvchi davlatlarning birinchi xonimlari uchun “O‘zbekiston ranglari” ko‘rgazmasi.
© Saida Mirziyoyevaning shaxsiy arxividan
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va Scala Publishers hamda Assouline Publishing nashriyotiga qarashli “Avant-Garde Orientlists" va "Russian Avant-garde tomonidan chop etilgan risolalarining taqdimoti Rus impressionizmi muzeyida ham bo‘lib o‘tgandi.

O‘zbekiston ranglari ko‘rgazmasi
© Turkiya Prezidentining matbuot xizmati
Mazkur kitoblarda I.V. Savitskiy nomidagi Nukus Davlat san’at muzeyi sara to‘plamlarining eng yorqin eksponatlari aks etgan.

Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etuvchi davlatlarning birinchi xonimlari uchun “O‘zbekiston ranglari” ko‘rgazmasi.
© Saida Mirziyoyevaning shaxsiy arxividan “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar