Alisher Fayz va Parizodaning munosabatini buzishga uringan taniqli raqqosa xonandadan qanday javob oldi?

Bu xonandaning har bir qo‘shig‘i orasidagi muddatni to‘fondan oldingi tinchlikka o‘xshataman. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayzning may oyida taqdim etadigan konserti oldidan ham shu jarayon kuzatilmoqda. Bu tinchlikning zamirida nimalar yotganini bilish maqsadida xonanda bilan konsert oldi suhbat uyushtirdik, deyiladi "Darakchi" nashrida.
Alisher Fayz: - Yaqinda bir taniqli raqqosa “Nega klip va konsertingizda Parizodani olib chiqaverasiz?” kabi e’tirozli fikrlar bildirdi. Kurakda turmaydigan hamma gaplarini aytolmayman. Ayol kishi bo‘lgani uchun jahlimni tiyib turdim. Lekin javob qaytarolmaganimning alami yuragimni qiynadi. Va bu yilgi konsertimda Parizodaga atab bir emas, bir nechta qo‘shiq kuyladim. O‘sha raqqosani atay konsertga taklif qildim. Bu menimcha e’tirozga munosib javob bo‘la oladi... “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing