21:21 / 18.11.2022
1 543

Mo‘ynoqda XII—XIV asrlarga oid madaniy meros obyekti topildi

Mo‘ynoqda XII—XIV asrlarga oid madaniy meros obyekti topildi
Foto: Bosh prokuratura
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida joylashgan Hokim ota Sulaymon Boqirg‘oniy ziyoratgohi hududida madaniy meros obyekti aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar qildi.

Qayd etilishicha, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti «Arxeologiya» kafedrasi bir guruh olimlari va talabalari tomonidan arxeologik ekspeditsiya o‘tkazilgan. Jarayon davomida XII-XIV asrlarga tegishli madaniy meros obyekti topilgan.

Foto: Bosh prokuratura
Aniqlangan devor g‘ishtlari va metall buyumlar olimlar tomonidan Xorazmshohlar va Oltin O‘rda davriga xosligi, ya’ni Sulaymon Boqirg‘oniy yashagan davr va undan keyingi davrlarga to‘g‘ri kelishi taxmin qilinmoqda.

Foto: Bosh prokuratura
Maqbarada olib borilgan arxeologik qazish ishlari natijasida ochilgan obyektning hozirgi holatini konservatsiya qilmasdan tabiiy va jismoniy ta’sirlardan muhofaza qilish, ziyoratchilar va turistlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek kelajak avlodga yodgorlikni butun holida yetkazish maqsadida obyektda yengil konstruksiyali metall qoplama bostirma qurish ishlari boshlangan.

Foto: Bosh prokuratura
Qurilish ishlari joriy yilning dekabr oyida yakunlanishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Mo‘ynoqda XII—XIV asrlarga oid madaniy meros obyekti topildi