1 260
Gayane Umerova: «Luvrdagi ko‘rgazma uchun Fransiya va O‘zbekistonning eng yaxshi mutaxassislarini birlashtirdik»
Gayane Umerova
23 noyabr kuni Parijdagi Luvr muzeyida O‘zbekiston madaniy merosining birinchi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori Gayane Umerova Luvrda O‘zbekistonning birinchi ko‘rgazmasi loyihasi haqida gapirib berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rgazma xalqaro madaniy almashinuv asosiy shakli bo‘lib, u turli madaniyatlar global kontekstdagi muloqoti va integratsiyasidir.
«Biz Luvrda O‘zbekistonning birinchi ko‘rgazmasi loyihasini amalga oshirish uchun Fransiya va O‘zbekistonning eng yaxshi mutaxassislarini birlashtirishga muvaffaq bo‘ldik.
Qariyb ikki ming yillik davrni qamrab olgan mazkur ko‘rgazma mamlakatimizning boy tarixi va merosini chet ellik tashrif buyuruvchilarga ochib beradi.
Ko‘rgazma xalqaro madaniy almashinuvning asosiy shakli bo‘lib, u turli madaniyatlarning global kontekstdagi muloqoti va integratsiyasidir.
Parijdagi ko‘rgazmalar jamg‘armaning madaniyatimizni asrab-avaylash va targ‘ib qilish bo‘yicha missiyasini yanada kengaytirishi, shuningdek, kelgusidagi ikki tomonlama hamkorligimiz uchun mustahkam poydevor yaratishi tabiiydir», — dedi Gayane Umerova.
Ko‘rgazma Buyuk Ipak yo‘li tarixi haqida hikoya qiladi va ikki ming yildan ortiq vaqtni qamrab oladi. Ko‘rgazmadan 168 ta muzey eksponati, xususan, O‘zbekistonning 13 ta muzeyidan 137 ta, shuningdek, dunyoning yetakchi muzeylaridan 31 ta eng qimmatli eksponatlar taqdim etiladi, ularning aksariyati birinchi marta namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazma kelgusi yilning 6 martiga qadar davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”