date
views 4 190

Janubiy koreyalik qiz «Dunyo goʻzali–2022» gʻolibi boʻldi (foto)

Janubiy koreyalik qiz «Dunyo goʻzali–2022» gʻolibi boʻldi (foto)
Foto: AFP
Janubiy koreyalik 23 yoshli Mina Syu Choy «Dunyo goʻzali–2022» goʻzallik tanlovi gʻolibi boʻldi. Bu haqda The Manila Times xabar berdi.

Xalqaro tanlovning final bosqichi 29 noyabr kuni Filippinda boʻlib oʻtdi. Unda dunyoning turli davlatidan 89 nafar ishtirokchi qatnashdi. Mina Syu Choy ushbu tanlovda gʻolib chiqqan birinchi koreyalik ayol hisoblanadi. Shu bilan birga, «Havo goʻzali—2022» unvoni avstraliyalik Sheridan Mortlokka, «Suv goʻzali—2022» falastinlik Nadin Ayubga va «Olov goʻzali—2022» unvoni kolumbiyalik Andrea Agulera berildi.

Foto: AFP
«Dunyo goʻzali» tanlovida nafaqat tashqi koʻrinish, balki ishtirokchilarning tabiatga boʻlgan e'tibori ham hisobga olinadi. Chunki gʻolib kelgusi yil davomida BMTning Atrof-muhit dasturi vakili sifatida ishlashi, Butunjahon yovvoyi tabiat jamgʻarmasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi kerak.

Shuning uchun tanlov veb-saytidagi soʻrovnomada har bir qiz oʻziga koʻproq yoqadigan hayvonni koʻrsatadi. Bu yilgi gʻolib Mina Syu Choy esa mazkur soʻrovnomada delfinni keltirib oʻtgan.

Mina Syu Choy haqida nimalar ma'lum?

Janubiy koreyalik Mina Syu Choy Avstraliyaning Sidney shahrida koreys oilasida tugʻilgan va u etti yoshigacha shu erda yashagan. Keyin Seulga koʻchib oʻtgan va mahalliy maktabda ta'lim olgan. Syu Choy ingliz tilida koʻproq gaplashgani uchun tengdoshlari uni yaxshi qabul qilmagan. Lekin tez orada u moslashib, doʻstlar orttirishga muvaffaq boʻlgan.

Syu Choy bir necha bor yashash joyini oʻzgartirgan. Uning Kanada, Avstraliya, AQSh va Janubiy Koreyada qarindoshlari bor. 2021 yilda u AQShga koʻchib oʻtgan va Illinoys universitetida muloqot san'atini oʻrganishni boshlagan. U shu yili «Koreya goʻzali—2021» unvonini olgan.

Foto: Instagram @minadori222
Mina koreys ekanligidan juda faxrlanishini tushuntirgan. U koreyslarni mehnatkash va taqdir sinovlariga dosh bera oladigan xalq deb hisoblaydi. Qiz butun dunyo xalqlarining Koreyaga va uning madaniyatiga qiziqishidan mamnunligini tan oldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Janubiy koreyalik qiz «Dunyo goʻzali–2022» gʻolibi boʻldi (foto)
-->