
Oʻzbekistonlik aktrisa Sitora Farmonova “Moskva premerasi” 4-MDH kinofestivalida nufuzli mukofot bilan taqdirlandi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Hamdoʻstlik mamlakatlarining “Moskva premerasi” (Moskovskaya premera) xalqaro kinofestivalida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Mansur Abduxoliqov tomonidan suratga olingan “Tengiz” badiiy filmi “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida mukofot bilan taqdirlandi.

© Kinematografiya agentligi
Mazkur filmda bir ayolning hayoti, uning atrofidagilar va turmush tarzi haqida hikoya qilinadi. Bundan tashqari, filmda qoraqalpoq xalqining urf-odatlari, madaniyati, Orol dengizining taqdiri, moʻynoqliklar ichki kechinmalari ifodalangan.
Ushbu film, asosan, Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq shahrida istiqomat qiluvchi Manzura Erniyozova va uning jasoratiga bagʻishlanadi. Filmda badiiy toʻqimalar mavjud. Lekin film syujetiga bu ayolning tushkunlikka tushmay tikuvchilikni oʻrganib, tadbirkorga aylangani, yoshlarga ibrat boʻlayotgani, iroda va matonati asos qilib olingan.
“Baxtsiz hodisa tufayli oʻng oyoq-qoʻlidan ajralgan Tengiz ismli kelinning bir zumda toʻkis koʻringan baxtidan ayrilishi haqidagi voqea bilan boshlansa, filmda kelgusi sahnalar ancha koʻtarinki tus oladi. Toʻgʻri, u sevgan yoridan, baxtidan voz kechadi, lekin oʻzining tirishqoqligi va mehnati tufayli yana hayotga qaytadi”, deyiladi xabarda.
Film stsenariyi mualliflari Gʻafur Shermuhammad va Shuhrat Rizaev, postanovkachi operator — Dilmurod Turdiboev.

© Kinematografiya agentligi
Filmda bosh rollarni Sitora Farmonova, Koʻpjursin Allanazarov, Roza Piyazova, Feruza Saidova, Lizaxon Haqnazarova va boshqalar ijro etishgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq mazkur festivalda oʻzbek rejissyori Qamara Kamalova xalqaro kinematografiya hamkorligiga qoʻshgan hissasi uchun faxriy mukofot bilan taqdirlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar