13:19 / 14.12.2022
1 579

O‘zbekistonda tarqatiladigan xorijiy telekanallar ro‘yxati kengaytirilmoqda

O‘zbekistonda tarqatiladigan xorijiy telekanallar ro‘yxati kengaytirilmoqda
Fuqarolarning to‘liq va xolis axborot olish huquqini ta’minlash hamda turli manbalardan ma’lumot olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida O‘zbekistonda tarqatilishiga ilgari ruxsat berilgan 50 ta xorijiy telekanallar umumlashtirilib, ularning asosida 192 ta telekanaldan tarkib topgan xorijiy telekanallar ro‘yxatining yangi tahriri ishlab chiqildi.

Ushbu ro‘yxatga ijtimoiy-siyosiy masalalarni yoritishga va yangiliklar tarqatishga ixtisoslashgan 35 ta, filmlar va seriallar namoyishiga mo‘ljallangan 37 ta, National Geographic Channel kabi ilm-fan yutuqlarini namoyish etuvchi ilmiy-ommabop, ma’rifiy yo‘nalishdagi 34 ta, bolalar va o‘smirlar auditoriyasiga mo‘ljallangan 27 ta, sportga oid mavzularni yoritishga ixtisoslashgan 20 ta va musiqiy-ko‘ngilochar kontent tarqatuvchi 39 ta xorijiy kanal kiritilgan.

Mazkur ro‘yxatga kiritilgan xorijiy telekanallar pulli televideniye operator va provayderlari tarmoqlari orqali tarqatiladi (ya’ni efir orqali yopiq rejimda, kabel va IP televideniye, mobil aloqa, sun’iy yo‘ldosh aloqa tarmoqlari va Internet platformalar). Xorijiy telekanallarni O‘zbekiston hududida tarqatish mualliflik va turdosh huquqlar sohasini tartibga soluvchi milliy qonunchilik hujjatlari va xalqaro huquq normalari talablariga muvofiq, xorijiy kontent egalari bilan tegishli shartnomalarni tuzgan holda yoki ularning roziligi bilan amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonda tarqatiladigan xorijiy telekanallar ro‘yxati kengaytirilmoqda