date

Germaniyalik jaz xonandasi O‘zbekistonda konsertlar va mahorat saboqlari beradi

Germaniyalik jaz xonandasi O‘zbekistonda konsertlar va mahorat saboqlari beradi

Germaniyalik jaz xonandasi Pet Epplton o‘zbek sozandalari bilan hamkorlikda O‘zbekiston bo‘ylab konsert turnesi o‘tkazadi. Turneni Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi ko‘magida tashkillashtirmoqda. Bu haqda «Daryo» nashri xabar berdi.
Konsertlar O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi (23 may), Jizzaxdagi 1-musiqa va san’at maktabi (24 may) hamda Navoiy madaniyat va san’at kollejida (26 may) bo‘lib o‘tadi. Bu muassasalarda qo‘shiqchi vokal bo‘yicha mahorat saboqlari berishi ham ko‘zda tutilgan.

Pet (Patrisiya) Epplton o‘z faoliyati davomida Jazzkantine, Nighthawks va Bahama Soul Club kabi guruhlar bilan ishlagan. Hozirda De-Phazz jamoasi bilan birgalikda butun dunyo bo‘ylab konsert berib kelmoqda. U «zamonaviy nemis jazining muhim ovozlaridan biri» sifatida e’tirof etiladi.

O‘zbekistondagi konsertlar davomida Eppltonga Qosimjon Nazarov (Qashg‘ar rubobi), Nodira Meliboyeva (chang), Ramil Isanbaev (bas-gitara) va Ziyodulla Abdullaev (zarbli asboblar) sozandalik qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Germaniyalik jaz xonandasi O‘zbekistonda konsertlar va mahorat saboqlari beradi