date
views 1 093

Amerikalik aktrisa Peris Hilton qanday qilib 41 yoshida 20 yoshli qizlardek ko‘rinishi haqida

Amerikalik aktrisa Peris Hilton qanday qilib 41 yoshida 20 yoshli qizlardek ko‘rinishi haqida
Foto: AdMe
Peris Hiltonning muxlislari uni aktrisa, xonanda, model va ishbilarmon ayol sifatida biladi. Shu bilan birga, aktrisani terini parvarish qilish bo‘yicha yaxshi mutaxassis deyish ham mumkin. Peris 41 yoshda, biroq 20 yoshdek ko‘rinadi. AdMe nashri modelning yosh ko‘rinishi sirlarini taqdim etdi.

Peris tabiiyligini yo‘qotmaydi

Ko‘plab mashhurlar yoshligini uzoq yillar davomida saqlab qolish uchun plastik jarrohlikka murojaat qiladi, biroq Peris boshqa yo‘lni tanlagan. Aktrisa hech qachon plastik jarrohlik amaliyotidan foydalanmaganini aytgan. «Men har doim terini parvarish qilish bilan shug‘ullanganman. Hayotimda hech qachon botoks, filler yoki plastik jarrohlik amaliyotidan foydalanmaganman», — deydi aktrisa.

Foto: AdMe

Har doim yosh ko‘rinishning siri

Peris Hilton intervyularning birida 8 yoshidan beri tashqi ko‘rinishiga e’tibor qaratishini aytgan. Tabiiyki, uning kundalik tartibi o‘zgarib, tashqi ko‘rinishiga e’tibor qaratish yanada keng qamrovli bo‘ldi, doim teriga e’tibor qaratish yosh ko‘rinishning kaliti hisoblanadi.

Foto: «Yandeks.ru»
Peris bir nechta kosmetik gadjetlar va qurilmalardan foydalanadi. «Men Foreo yuzni tozalash cho‘tkalaridan, shuningdek, terining yorqin ko‘rinishiga yordam beruvchi Doktor Dennis Gross Pro niqoblaridan va Luminance nur terapiyasi qurilmalaridan foydalanaman. Men kislorodli va namlovchi yuz terisi muolajalarini, ayniqsa mikrotoklarni ishlatishni yaxshi ko‘raman», — deydi Peris. Ushbu muolajalarning ta’siri juda aniq.

Foto: «Yandeks.ru»
EMS yoki mushaklarning elektr stimulyatsiyasi yuz terisi uchun mashq hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, qurilma yuz mushaklarining kengayishi va qisqarishiga olib keladi, buning natijasida teri taranglashadi. Uning natijasi yuz terisida tezda namoyon bo‘ladi.

Foto: «Yandeks.ru»
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Amerikalik aktrisa Peris Hilton qanday qilib 41 yoshida 20 yoshli qizlardek ko‘rinishi haqida