10:02 / 13.03.2023
163

«Navalniy» eng yaxshi hujjatli film sifatida «Oskar»ni qo‘lga kiritdi

«Navalniy» eng yaxshi hujjatli film sifatida «Oskar»ni qo‘lga kiritdi

13 mart, dushanbaga o‘tar kechasi kanadalik rejissyor Deniel Roerning «Navalniy» filmi eng yaxshi hujjatli film sifatida «Oskar» mukofotini oldi. Ushbu lentada rossiyalik muxolifatchining 2020 yil yozida Rossiyada «Novichok» moddasi bilan zaharlanganidan to 2021 yil yanvarigacha Germaniyadan vataniga qaytgani va u yerda davolanganigacha bo‘lgan voqealar aks etgan.

Roer Aleksey Navalniy zaharlanganidan so‘ng reabilitatsiyadan o‘tayotgan paytda Germaniyaning Shvarsvaldida rossiyalik muxolifatchi siyosatchi bilan uchrashgan.

«Eng yaxshi hujjatli film» nominatsiyasi g‘olibi e’lon qilinganidan so‘ng Los-Anjelesdagi sahnaga hozirda Rossiya qamoqxonasida bo‘lgan muxolifatchining rafiqasi Yuliya Navalnaya chiqdi. U bir kun kelib erining ozod bo‘lishini va Rossiya yana erkin davlatga aylanishini orzu qilishini aytib o‘tdi.

«Navalniy» kartinasidan tashqari, Shonak Sen rejissyorligidagi «Nafas oladigan hamma narsa», Lora Poytrasning «Barcha go‘zallik va qon to‘kilishi», Sara Dosning «Sevgi olovi» filmi hamda Ukraina, Daniya, Shvetsiya va Finlandiya hamkorligida suratga olingan, lisichansklik bolalar haqidagi Simon Lereng Vilmontning «Parchalardan uy» lentasi ham «Eng yaxshi hujjatli film» nominatsiyasida «Oskar»ga da’vogarlik qildi.

Fevral oyida «Navalniy» filmi Amerika prodyuserlar gildiyasi va Britaniya kinoakademiyasining BAFTA mukofotlarini ham olgandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Navalniy» eng yaxshi hujjatli film sifatida «Oskar»ni qo‘lga kiritdi