date

Xonanda Sardor Rahimxon Telegram’da uning o‘limi haqida xabar tarqatganlarga insof tiladi

Xonanda Sardor Rahimxon Telegram’da uning o‘limi haqida xabar tarqatganlarga insof tiladi

Bir muddat avval Telegram messenjerida xonanda Sardor Rahimxonning vafot etgani haqida asossiz xabarlar tarqatish orqali Telegram-kanallarga yangi obunachilarni to‘plash amaliyoti boshlangan edi, deb yozadi "Daryo" nashri.

«O‘zbekiston estrada yulduzi Sardor Rahimxon baxtsiz hodisa sabab olamdan ko‘z yumdi», — degan gapdan so‘ng, «Barcha ma’lumotlar mana bu erda» deb maxsus havola ko‘rsatilgan va uni bosgan foydalanuvchi u yoki bu Telegram-kanalga obuna bo‘lgan.

Xonandaning o‘zi Instagram’dagi sahifasi orqali mazkur holatga munosabat bildirdi: «Ramazon oyida birovning ko‘nglini ranjitish gunohi og‘ir. Birovga o‘lim tilagandan ko‘ra, o‘ziga umr tilasa bo‘lardi. Azizlar, bunday gap-so‘zlarga e’tibor bermang. Xudoga shukr, sog‘-salomatman. Alloh bunday insonlarga o‘zi jazo bersin, yaxshisi, insof bersin».
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Sardor Rahimxon Telegram’da uning o‘limi haqida xabar tarqatganlarga insof tiladi