Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida ilk bor “etnik shaharcha” quriladi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi. Qayd etilishicha, viloyatda xorijiy va mahalliy turistlar oqimini oshirish maqsadida Termiz, Boysun va Jarqo‘rg‘on tumanlarida yangi loyihalar amalga oshiriladi.
Unga ko‘ra, hududda ekoturizm rivojlantiriladi va zamonaviy “safari” usulida suv bo‘yida turistik maskanlar tashkil etiladi. Buning uchun mahalliy investorlar jalb qilinadi.
Termiz tumanida Vodiy – Termiz, Termiz – Nukus yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi, chipta xarajatlarining 25 foiziga subsidiya ajratiladi.
Boysun tumanida etnik-folklor yo‘nalishida turizm rivojlantiriladi. Buning uchun hozirdan 2024 yilda o‘tkaziladigan “Boysun bahori” xalqaro festivali uchun joylar tanlanib, qurilish-ta’mirlash ishlari boshlangan.
Festivalda turli sport musobaqalari, baxshi-oqinlar tanlovi, ot ustida kurash, chillak, arqon tortish, milliy kurash singari o‘nga yaqin milliy xalq o‘yinlari o‘tkaziladi, milliy qo‘shiq va raqslar taqdim etiladi.
Ma’lumot uchun, Surxondaryoning Boysun tumanida o‘tkaziladigan “Boysun bahori” xalqaro festivaliga 2002 yilda asos solingan. 2022 yildan buyon UNESCO shafeligi ostida har 2 yilda bir marta o‘tkazilishi belgilangan.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»