18:26 / 06.04.2023
538

Parizoda umurtqa pog‘onasidagi xavfli kasallikni raqs yordamida davolagani haqida gapirdi(video)

Parizoda umurtqa pog‘onasidagi xavfli kasallikni raqs yordamida davolagani haqida gapirdi(video)
Raqqosa Parizoda YouTube kanallaridan biriga bergan intervyusida salomatligi bilan bog‘liq muammolarini raqs yordamida bartaraf etgani hamda raqsdan keyin qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi haqida so‘zlab berdi.
“Raqs men uchun hayotda hamma narsadan ustun bo‘lib qolgan. Bir necha yillardan beri to‘y xizmatlaridagi faoliyatimni yakunlayman deyman, lekin bu narsa ortga surilib kelmoqda. Hozir esa raqsni tashlab ketolmaydigan holatga kelib qolganman. Umurtqa pog‘onamda darz ketish bo‘lgan. Shifokorlar menga olti oy to‘shakda yotib, muolaja olishni tayinlagan. Agar yotmasangiz, falaj bo‘lib qolasiz, deyishgan. Keyinroq vaqt o‘tib ketibdi, endi temir qo‘yish kerak ham deyishgan. O‘shanda raqs tushish umuman mumkin bo‘lmagan, og‘ir ko‘tarish, umurtqa pog‘onasiga yuki tushadigan harakatlarni qilish mumkin bo‘lmagan.
Lekin shunda ham raqsni to‘xtatmaganman. Belim og‘rib tursa ham sahnaga chiqib, raqsga tushaverganman. Raqsga tushganimda, shu darajada emotsiyaga berilib ketganimdan og‘riqlar ham bilinmay ketgan ekan. Oradan yillar o‘tib, Turkiyaga borib, tahlil natijalarini professorga ko‘rsatganimizda, u hayron bo‘lib, 'Sen nima qilding? Ahvoling ancha yaxshilanibdiku, o‘zingni o‘zing tuzatibsan', degan. Raqs sabab har bitta mushak va suyaklarim bilan bog‘liq muammolarim yo‘q bo‘lib ketgan. Hatto shamollasam ham raqs tufayli 1-2 kunda tuzalib ketaman.
 
Raqsni tashlab, nima ish qiladi?
 
Shu paytgacha bir narsaga amin bo‘ldim, agar raqsni tashlamasam hech qanday biznes qila olmas ekanman. Hozirda o‘zimning raqs maktabim bor. Shu kunlarda uni kengaytirish niyatidaman. Agar o‘ylaganlarim amalga oshda, birinchi navbatda ushbu maktab O‘zbekistondagi barcha ayollarga shart-sharoiti jihatidan qulay bo‘ladi. Barcha ayollar salomatlik va go‘zalliklari uchun raqs bilan shug‘ullanishlariga sharoit yaratmoqchiman.
 
Instagram'dan qancha pul topishi haqida
 
Raqqosa 3,5 million kuzatuvchiga ega Instagram akkaunti unga qancha daromad keltirishi haqida ham to‘xtalib o‘tdi. 
“Hech qachon pul uchun reklama olmayman. Sahifamdagi reklama narxi boshqa mashhurlardan ancha arzonroq. Insof bilan narx qo‘yganmiz. Stories'ga reklama qo‘yish narxi 700 dollar, lenta esa 1,5 ming dollar. Lekin reklamalarni saralayman. Ko‘pincha kelgan reklamalarni qabul qilmayman. Sifatsiz mahsulot va menga to‘g‘ri kelmaydigan, auditoriya uchun foydasiz narsalarni reklama qilmayman. Insonlar bizga ishonib o‘sha mahsulotni sotib oladimi, demak sifati ham shunga yarasha bo‘lishi kerak”, — deydi raqqosa.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Parizoda umurtqa pog‘onasidagi xavfli kasallikni raqs yordamida davolagani haqida gapirdi(video)