10:00 / 11.04.2023
204

Juliya Roberts, Selena Gomez va muxlislari orzusini ro‘yobga chiqargan boshqa jahon yulduzlari

Juliya Roberts, Selena Gomez va muxlislari orzusini ro‘yobga chiqargan boshqa jahon yulduzlari

Dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishgan insonlar orasida muxlislari orzusini ro‘yobga chiqargan, o‘z daromadidan xayriya ishlariga mablag‘ sarflaydigan, umuman olganda, atrofdagi insonlarga yaxshilik ulashuvchi mashhurlar ham bor. The Voice nashri muxlislari orzusini ro‘yobga chiqargan taniqli insonlar haqida ma’lumot berdi.

Krishtianu Ronaldu saraton kasalligiga chalingan bolani qo‘llab-quvvatladi

Futbolchi ko‘p vaqtini xayriya ishlariga bag‘ishlaydi: u o‘z daromadidan xayriya qiladi, kasalxonalarga boradi. U 2011-yil va 2013-yilda “Oltin butsa” va “Oltin to‘p”ni kimoshdi savdosida sotgan va tushgan mablag‘ni bolalar xayriya jamg‘armalariga jo‘natgan.

Futbolchi 2016-yilda Portugaliya—Islandiya o‘yiniga g‘ayrioddiy soch turmagi bilan kirgan, keyinchalik bu uning kichik muxlisi bilan birdamlik belgisi ekani ma’lum bo‘ldi. Ronaldu saraton kasalligiga chalingan portugaliyalik bolaning davolanishi uchun pul to‘lagan va operatsiyadan so‘ng bolaning boshida ikkita chandiq qolgan. Xuddi shu vaqtda Ronaldu uni qo‘llab-quvvatlab, soch turmagida ikkita chiziq bo‘lishini istagan. 

Foto: The Voice 

Juliya Roberts 30 yil davomida uchrashishni orzu qilgan muxlisi bilan suhbatlashdi

Aktrisa 2018-yilning sentabr oyida Torontoga bordi va u yerdagi xalqaro kinofestivalda aktrisa bosh rolni o‘ynagan “Ben qaytdi” dramasi taqdim etildi. Matbuot anjumani davomida Roberts tomoshabinlar orasida 28 yil davomida u bilan uchrashishni orzu qilgan muxlisi borligini bilib oldi. Yigitning ismi Kenni Santana bo‘lib, va u aktrisa bilan uchrashish uchun Indoneziyadan uchib kelgan edi. Juliya yigitning oldiga bordi va uni sahnaga olib chiqdi. Santana aktrisaga bunchalik yaqin turishni xayoliga ham keltirmagan edi.

Foto: Voice.ru

Selena Gomes yashirincha muxlisining uyiga borgan

Xonanda nafaqat muxlislar bilan muloqot qilishni yaxshi ko‘radi, balki ba’zi paytlarda ular bilan ko‘rishadi. Selena 2016-yilda avstraliyalik Sofi Sandersni hayratda qoldirdi va bildirmasdan uning uyiga bordi. Sofi mahalliy Kiis radiostantsiyasi DJ’lari Gomesga eshittiradigan videoni yozib olish imkoniyatini qo‘lga kiritdim deb o‘yladi. Biroq Sandersga murojaat yozish paytida Selena yashirinib oldi.

Foto: Instagram

Teylor Svift muxlisiga baxt sari qadam qo‘yishida yordam berdi

Teylorning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yigit o‘z sevgilisiga u borligida turmush qurishni taklif qilgani aks etgan suratlar paydo bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, Entoni va Stefani besh yil avval Red Tour gastroli doirasida xonandaning konsertida tanishgan. Yigitning so‘zlariga ko‘ra, Stefani o‘z sevgilisi bilan birga Sviftning qo‘shiqlarini tinglash uchun ko‘p vaqt sarflagan. Shu bois u konsertdan so‘ng muxlislar uchrashuvida o‘z sevgilisiga turmush qurishni taklif qildi va xonanda bu quvonchli lahzaga guvoh bo‘lganidan xursand bo‘ldi.

Foto: “Yandeks.ru”

Rayan Gosling sodiq muxlisining qahvaxonasiga tashrif buyurdi

2022-yilning kuzida Torontodagi Grinder Coffee qahvaxonasi rahbari Jerrard o‘zining sevimli aktyori bilan uchrashish uchun butun promo-aksiyani uyushtirdi. 10 kun davomida kafesiga tashrif buyuruvchilar Rayanning karton figurasi bilan suratga tushishdi va #ryanneedsgrinder (“Rayanga Grinder kerak”) xeshtegi bilan suratlarni joylashtirishdi. Ba’zilar hatto aktyorga restoranning xaritasini jo‘natdi va bu ish berdi. Rayan Gosling muassasaga bordi, qahva ichdi va muxlislar bilan suhbatlashdi. Aktyor qahvaxona egasi bilan suhbatda onasi uning ijodini yuqori baholagan Crinder Coffee’ga kelishga ko‘ndirganini aytdi.

Foto: The Voice

Beyonse shousi davomida muxlisini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

2014-yilning boshida, Birmingemdagi chiqishi paytida Beyonse zalda bayramona nishonga ega bo‘lgan qizni ko‘rdi. Xonanda muxlisini tabriklash uchun konsertni to‘xtatdi. “Ko‘ryapmanki, senda tug‘ilgan kuning ekanligini ko‘rsatuvchi nishon bor. Isming nima? Ismingni qanday talaffuz qilasan?” — deb sahnada turib 22 yoshli muxlisi Shehnaz Kandan so‘ragan Beyonse. Keyin xonanda muxlisiga atab qo‘shiq kuylagan.

Foto: “Yandeks.ru”

Jizel Bundxen kunini og‘ir kasallikka chalingan qiz bilan o‘tkazdi

Model 2013-yilgi Yangi yil ta’tillarida saraton kasalligidan aziyat chekkan 15 yoshli Karina Moreyra bilan bir kunini o‘tkazdi. U buning uchun qiz yashaydigan Boston yaqinidagi Malden shahriga keldi. Jizel Karinani bo‘yantirdi va o‘zining go‘zallik sirlarini muxlisi bilan o‘rtoqlashdi. “Siz meni hayratda qoldirganingizdan to ketguningizga qadar men bilan ekaningizdan hayratda edim. Birga vaqt o‘tkazganingiz uchun katta rahmat” — deb izoh qoldirdi Karina ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Foto: The Voice 

Eminem muxlisining so‘nggi istagini amalga oshirdi

2015-yilda saraton kasalligidan vafot etgan 17 yoshli Geyj Garmoning so‘nggi orzusi Eminem bilan uchrashish edi. Geyjning do‘stlari va qarindoshlari Twitter’da  #GetGageGarmoToMeetEminem kampaniyasini (“Geyj Garmoni Eminem bilan tanishtiring”) nomli aksiya boshladi. Tez orada xeshteg reperga yetib bordi. Reperning muxlisi u bilan uchrashishni juda xohlardi va u bu haqda bilgach, Geyjning oldiga yashirincha bordi va yigit bilan bir soatcha vaqt o‘tkazdi. Keyinroq yigitning qarindoshlari Geyjning so‘nggi soatlarini maroqli o‘tkazgani uchun reperga minnatdorchilik bildirdi. Reperning muxlisi orzusi amalga oshgan kunning ertasiga bu dunyoni tark etdi.  

Foto: The Voice 

Metallica 85 yoshli muxlisi bilan uchrashdi

Metallica 2009-yilning oktabr oyidagi Tampadagi kontsert dasturi oldidan 85 yoshli muxlisi Margaret Prib bilan uchrashdi. Musiqachilar o‘z muxlisi haqida mahalliy gazetadan bilib oldi: keksa bir ayol jurnalistlarga og‘ir musiqa uni qanday tinchlantirishini aytdi. Bu voqeadan bir yil oldin Margaret saraton kasalligiga qarshi kurashdi va kimyoterapiya kurslarini o‘tkazdi, tunda Metallikaning qo‘shiqlarini tinglab, tashvishli fikrlardan chalg‘idi.

Guruh a’zolari hech ikkilanmasdan Margaretni konsert oldidan sahna orqasiga taklif qildi. Guruh a’zolarining har biri u bilan biroz vaqt o‘tkazdi va uchrashuv oxirida musiqachilar Margaret uchun Death Magnetic albomiga imzo qo‘yib berdi.

 “Ular xuddi tasavvur qilganimdek, juda zo‘r bo‘lib chiqdi”, — deydi xonandaning muxlisi.

Foto: The Voice

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Juliya Roberts, Selena Gomez va muxlislari orzusini ro‘yobga chiqargan boshqa jahon yulduzlari