10:30 / 07.05.2023
58

Sirdaryoda baxshichilikka bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ish boshladi

Sirdaryoda baxshichilikka bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ish boshladi

Sirdaryo viloyatida 6-8-may kunlari “Zamonaviy baxshichilik san‘ati: oltin merosning yangi ohanglari” mavzusidagi III xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Anjumanda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Rossiya, Turkiya, Vengriya, Koreya Respublikasi, Yaponiya kabi 30 dan ortiq mamlakatlardan sohaning yetuk mutaxassislari ishtirok etmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonning turli oliy o‘quv yurtlarida, ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat yuritayotgan folklorshunos olimlar, baxshichilik va xalq og‘zaki ijodi masalalariga qiziquvchi tadqiqotchilar ham sohaga aloqador ilmiy-nazariy maqolalari bilan ishtirok etmoqda.

Anjuman yakunida baxshichilik san‘ati istiqboli bilan bog‘liq muhim rezolyutsiya qabul qilinadi. Unda:

  • baxshichilik san‘atining ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini chuqur o‘rganish va mustahkamlash;
  • baxshichilik san‘atiga oid ijodiy maktablarning o‘ziga xos ijro uslublari, “ustoz–shogird” an‘analarini qayta tiklash va rivojlantirish;
  • elga tanilgan baxshilarning mahorat darslarini tashkil etish;
  • yosh baxshilar o‘z san‘atlarini namoyon etish uchun keng imkoniyatlar yaratish;
  • baxshichilik san‘atining eng sara namunalarini to‘plash;
  • baxshichilik san‘ati namunalarining fondini yaratish, ularning audio va video variantlarini ko‘paytirish;
  • baxshichilik san‘atini yurtimizda va dunyoda keng targ‘ib etish;
  • baxshichilik san‘ati yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish;
  • baxshichilik san‘atini tadqiq etuvchi folklorshunos olimlarning o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish;
  • O‘zbekistondagi va xorijlik folklorshunos olimlar ishtirokida turli xalqaro anjumanlar va tanlovlar tashkil etish.
  • baxshichilik san‘atini keng targ‘ib etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televideniye va internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish kabi masalalarga alohida e‘tibor qartish zarurligi ta‘kidlangan.

Maʼlumot uchun, Samarqand shahrida atoqli baxshilar xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmualari qad rostlagan. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi" faxriy unvoni ta‘sis etilgan. O‘zbek baxshichilik san‘ati 2022-yili UNESCOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sirdaryoda baxshichilikka bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ish boshladi