23:08 / 13.05.2023
354

Surxondaryoda ikki ming yillik tarixga ega qabr va buyumlar topildi

Surxondaryoda ikki ming yillik tarixga ega qabr va buyumlar topildi
Foto: Boysun tumani hokimligi axborot xizmati
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida arxeologlar ikki ming yillik tarixga ega qabr va buyumlarni topdi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
 
Qayd etilishicha, Shimoliy g‘arbiy universitetning Buyuk ipak yo‘li tadqiqot markazi (Xitoy) professori Liang Yung boshchiligidagi ekspeditsiya a’zolari hamda Samarqand arxeologiya instituti va Farg‘ona davlat universiteti talabalari ishtirokidagi jamoa arxeologiya ishlarini olib borgan.
 
Jamoa tomonidan Boysunning “Rabot” arxeologik yodgorligi hududidan ikki ming yillik tarixga ega “yueji” davriga mansub erkak va ayol suyak qoldiqlari, turli sopol buyumlar, metal va tosh taqinchoqlar, temir pichoqlar topilgan. Hozirda tadqiqot ishlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Surxondaryoda ikki ming yillik tarixga ega qabr va buyumlar topildi