21:43 / 17.05.2023
229

Keyt Uinslet BAFTA-2023 da yilning eng yaxshi aktrisasi bo‘ldi (video)

Foto: Woman

Londonda nufuzli BAFTA-2023 mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosimida Gollivud aktrisasi Keyt Uinslet va uning qizi ham ishtirok etdi.

Keyt Uinslet 1997-yilda “Titanik” filmining katta ekranga chiqishi bilan dunyo miqyosida shuhrat qozondi. Rouz roli uchun aktrisa ikkinchi marta “Oskar”ga nomzod bo‘ldi, biroq bu oxirgisi emasdi. U ishtirokidagi har bir loyihada o‘ziga xos aktyorlik iste’dodini namoyon etdi. Tanqidchilar uning dramalar, komediyalar, Gollivud filmlari va mini-seriallardagi rollarini e’tirof etdi.

Yaqinda Keyt Uinslet HBO telekanalining “Isstaunlik Meyr” filmidagi bosh roli uchun “Emmi” va “Oltin globus” mukofotini qo‘lga kiritdi. Aktrisa 2022-yilning dekabr oyida “Avatar” filmining davomida suratga tushib, ekranlarda paydo bo‘ldi. U taqdirlash marosimi Londonda bo‘lib o‘tgan BAFTA televizion mukofotining birdaniga ikkita nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Foto: Woman

Keyt bir vaqtning o‘zida ikkita: “Yilning eng yaxshi aktrisasi” va “Men mavjudman: Rut” filmining prodyuseri sifatida statuetkaga ega bo‘ldi. Loyihada Keyt Uinslet qizi Miya Tripltorn bilan birga rol o‘ynagan. U onasiga muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirda hamrohlik qildi.

Mukofotga sazovor bo‘lgan aktrisa kuchli hissiy o‘zgarishlarga duch kelgan turli ayollar haqida hikoya qiluvchi “Men mavjudman” Britaniya antologiyasi serialining uchinchi mavsumida ishtirok etdi. Natijada “Men Rutman” yulduzi ishtirokidagi epizod loyihaning to‘liq metrajli qismiga aylandi va Keyt va Miya ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo‘lgan g‘amxo‘r ona va qiz o‘rtasidagi mojaro haqida hikoya qiluvchi loyihada suratga tushdi.

Foto: Woman

Ona va qiz nafis qora liboslarda qizil gilamda suratga tushdi. Tadbirda 47 yoshli Keyt Uinslet assimetrik bo‘yinbog‘li klassik tor qora ko‘ylakni tanlagan bo‘lsa, 22 yoshli Miya kombinezonda ko‘rinish berdi. Aktrisa va uning qizi past poshnali, uchli oyoq kiyimlarni tanladi, obrazni ziraklar bilan to‘ldirishdi.

Miya yildan yilga mashhur ota-onasiga o‘xshab bormoqda. Aktrisa qizi bilan qanday munosabatda ekanini muxlislariga namoyish etadi. Mukofotning taqdirlash marosimida sahnadan o‘zining ismini eshitgan Keyt o‘zini tuta olmasdan, yig‘lab yubordi. Miya ham his-tuyg‘ularga chidab tura olmadi.

Ma’lumot o‘rnida, Miya Tripleton aktrisaning birinchi turmushidan bo‘lgan qizi. Aktrisa 1998-yilda britaniyalik kinorejissor Jim Triplton bilan turmush qurgan. Juftlik 2001-yilda ajrashgan. Aktrisaning ikkinchi  turmush o‘rtog‘i ham rejissor edi. Keyt 2003-yilning bahorida Sem Mendes bilan oila qurdi. Dekabr oyida aktrisaning ikkinchi farzandi — o‘g‘li Alfi Uinslet Mendes dunyoga keldi. Aktrisa oradan yetti yil o‘tib bu turmush o‘rtog‘i bilan ham ajrashdi.

2011-yildan buyon aktrisaning shaxsiy hayot masalasida ham, karyerasida ham omadi yurishmoqda. Ned Roknroll uning sodiq do‘sti va yaqin insoniga aylandi. 2013-yilning dekabr oyida juftlikning o‘g‘li Bear Bleyz Uinslet tug‘ildi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Keyt Uinslet BAFTA-2023 da yilning eng yaxshi aktrisasi bo‘ldi (video)